Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OBOROTDAN ChIQIB KETGAN YeRLAR O'ZLAShTIRILMOQDA

×

 2020-11-02 18:16:30    127

PDF yuklash
Chop etish


OBOROTDAN ChIQIB KETGAN YeRLAR O'ZLAShTIRILMOQDA

         Tumanimizda bevosita tuman hokimi tashabbusi bilan qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlarni o'zlashtirish, oborotdan chiqib ketgan yerlardan samarali foydalanish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Birgina Malbut masividagi oborotdan chiqib ketgan salkam 16 gektar yerlar o'zlashtirilib, 75 nafar fuqarolarga dala tomorqa sifatida tarqatib berildi. Shuningdek, 20 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida maydoni bir sotix keladigan issiqxonalar berildi. Bu huddda suv tanqisligi bois tomchilatib sug'orish tizimi yo'lga qo'yilgan. Yana bir muhim jihat: kuni kecha ushbu massivdagi maydoni 3 gektarga yaqin qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlar o'zlashtirilib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev tashabbusi bilan bug'doy ekildi. – Hozirda yerlarni kelgusi mavsumga tayyorlash maqsadida bug'doy ekdik. Kelajakda bu massivda pista va bodom yetishtirish niyatimiz bor, - deydi tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev. 

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati