Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati (O'RQ-641-son, 15.10.2020 y.)

×

 2020-10-26 16:31:29    227

PDF yuklash
Chop etish


"Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati

(O'RQ-641-son, 15.10.2020 y.)

         Qonun bilan nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashning asosiy printsiplari belgilab berildi.

         Qonunga asosan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyati yanada takomillashtirildi.

         Unga ko'ra, tekshiruvdan o'tkazish tibbiy hujjatlar qabul qilingan kundan e'tiboran 10 kun ichida bepul amalga oshiriladi.

         Nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini kafolatlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi. Jumladan:

         Tashkilotlar nogironligi bo'lgan shaxslarning sport inshootlari, dam olish, shuningdek turistik ob'ektlardan bepul foydalanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

         Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarga, fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko'rsatishning davlat kafolatlari dasturi doirasida malakali tibbiy yordam ko'rsatilishi bo'yicha choralar ko'radi;

         Davlat nogironligi bo'lgan bolalarning bepul umumiy o'rta, maktabdan tashqari, o'rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi;

         Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun oliy ta'lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi;

         Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo'lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo'ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo'lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish huquqiga ega;

         Nogironligi bo'lgan shaxslar imtiyozli shartlar asosida ijtimoiy uy-joy olish huquqiga ega;

         Mehmonxonalarda kamida bitta xona o'rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlanishi, shuningdek eshitish va ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar o'rnatilishi ta'minlanishi shart;

         Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo'lgan shaxslarga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan qo'shimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.

         Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

 

                   So'x tuman adliya bo'limi