Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA

×

 2020-10-17 16:15:50    157

PDF yuklash
Chop etish


MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA

         Aholi dardu muammolari bilan yashash, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularga yordam qo'lini cho'zish, fuqarolar tomonidan tushayotgan murojaatlarni o'rganib, xalqni rozi qilishdek mas'uliyat bugun har bir rahbarning zimmasida ekanligi davlatimiz rahbari belgilab bergan tizim naqadar adolatli ekanligi nishonasidir. Zotan, har bir rahbar ana shu mas'uliyatni his etib, faoliyat yuritsa, ishida unum va baraka bo'ladi.

         So'x tumani hokimi S. Sayidmusayev nomiga ham kunida tumanimiz fuqarolari nomidan murojaatlar kelib tushadi. Albatta, barcha murojaatlarni to'liq o'rganib chiqib, mo'htoj oilalarga yordam berish bo'yicha  ishlar olib borilmoqda.

         Demursad mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqaro Maqsudaxon Rizayeva hayotning achchiq kunlarin ko'rgan onaxonlardan. 6 nafar farzandidan beshtasini tuproqqa topshirgan. 1 nafar farzandi va umr yo'ldoshi bilan yashaydi. Yashayotgan xonadoni ta'miralab bo'lgani bois, tuman hokimiga murojaat etgan. Tuman hokimi S. Sayidmusayev va tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyevlar onaxon huzurida bo'lishdi. Xonadon darhaqiqat, ta'mirga mo'htojligi bois, tuman hokimining bevosita ko'magi asosida "Mirzoqurbon" MChJ quruvchilari tomonidan ta'mirlab beriladigan bo'ldi.

         May oyining oxirida Chashma mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tgan tartibsizliklarda mahallada yashovchi fuqaro Istiniso To'xtanazarovaning xonadoni ham zarar ko'rgan. Istiniso-opa ham o'zi to'rt nafar farzandi bilan yashaydi. –Uyimiz tom qisimini shiferlash uchun tuman hokimiga murojaat etdim. Ming rahmat, murojaatim e'tiborsiz qolmadi. Bizga tuman hokimi ko'magida 40 dona shifer olib berishdi. Buning uchun o'zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi onaxon.

         Oftobru mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi onaxon Nishonbibi Abulqosimova ham ayni shu masalada tuman hokimiga murojaat etgan. – Uyda qizim va nabiram bilan yashaymiz. Yangi qurilgan imorat uchun shifer lozim bo'lganligi bois, tuman hokimi nomiga murojaat yo'lladim. Qizim ham, nabiram ham turmushidan ajralgan, men bilan yashaydi. Berilgan e'tibor uchun tuman hokimiga minnatdorchiligimni izhor ematan, - deya duoga qo'l ochadi Nishonbibi-momo. Bu xonadonga ham 40 dona shifer yetkazib berildi.

         Bunday misollarni ko'p keltirishimiz mumkin. Misol uchun, Qal'a mahallasida yashovchi fuqaro Mullohisen Ahrorov ham O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti olishda, shuningdek, moddiy yordam so'rab tuman hokimiga murojaat etgan. Prezidentimizning Farmoniga ko'ra, Mullohisen Ahrorovga ham fuqarolik pasporti topshirildi. Shuningdek, tuman hokimi va ichki ishlar bo'limi boshlig'i Q. Rahimberdiyevlar tomonidan bu oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Istiqlol mahallasida yashovchi fuqaro Mahbubaxon Nishonova, Rahimjon va Mahbubaxon Hamroaliyevalarga ham oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Darvoqe, Mahbubaxon-opaning shifoxonada davolanishi uchun tuman hokimligi tomonidan “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida ko'p marotaba ko'mak ko'rsatilgan.

         Aytish mumkinki, fuqarolar murojaati e'tiborsiz qolmaydi. Chunki murojaat negizida xalq manfaati va fuqarolar hayoti mujassam.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati