Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 155 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Saxovatli insonlar ko'paysin

×

 2020-09-28 17:23:26    150

PDF yuklash
Chop etish


Saxovatli insonlar ko'paysin

         Bu dunyoda yaxshilarning borligiga shukr. Ular bor ekan, hayot gullayveradi. Ana shunday yaxshi insonlarni So'x tumani, Hazrati Ali mahallasida juda ko'p uchratasiz. Topganini xalq bilan baham ko'radigan insonlardan biri bu Yulduzxon Nishonovadir. O'g'illariga meni xursand qilmoqchi bo'lsangiz, xalqga madadkor bo'linglar deya bergan o'gitlari zoye ketmadi. Yaqindagina mahalladagi chang ko'chalardan birini asfaltlashtirib bergan Yulduzxon onaning o'g'illari bu gal mahalladagi 50 nafar ehtiyojmand, boquvchisini yo'qotgan shaxslar va ko'pni ko'rgan keksalarga  o'z hisobidan un mahsuloti tarqatdi.

         Homiylarning saxovatini haqiqiy mo'htoj shaxslarga o'z vaqtida yetkazib berayotgan mahalla raisi va deputati Subhonali Nishonovdan aholi minnatdor. Saxovatli insonlar ko'paygani yaxshi albatta.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati