Deputat muammolarni yechilishida ko'mak bera oladimi?
2020-09-24 17:27:27 140
Deputat muammolarni yechilishida ko'mak bera oladimi?
G'aznov mahalla fuqarolar yig'ini tumanimizning eng chekka, ayni Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududida joylashgan. O'tgan yili “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida mahallada keng ko'lamli obodonchilik ishlari olib borildi. Biroq, hali mahallada qilinajak ishlar juda ko'p. Ayniqsa, Prezidentimizning 4798-sonli qarorii asosida ham mahallada obodonchilik ishlarini olib borish rejalashtirilgan bo'lib bunday ishlar 2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturiga binoan mahallada izchil davom etayotir. Shuningdek, aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklar ham borki, ularning yechimi rahabarlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.
Kuni kecha mahallada tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida fuqarolarning qabuli o'tkazitldi. Sayyor qabulda shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G'aniyev va tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyevlar ham qatnshadi. Mahalla ahli Oliy Majlis depatutiga ham kundalik turmushda ko'ndalang bo'lib turgan muammolar haqida murojaat etishdi.
-“Prezidentimizning e'tibori tufayli bugun tumanimizda keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, bizning mahallamizda ham bunday ishlar jadallik bilan davom etayapti. Ko'chalarimizni asfalьtlashtirish, betonli qoplama bilan qoplash ishlaridan aholi juda mamnun va minnatdor. Lekin bir narsa bizning mahalla, ayniqsa, Toshmazor ko'chasidagi aholi uchun muammo bo'lib turibti - aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, Buning uchun 10 dona beton tayanchlar lozim. Agar shu masalada yordam bersalaring, mahallamizda elektr energiyasi ta'minotida muammo qolmaydi”,-deya murojaat etdi mahalla nuroniylaridan Hamroali Abduvaliyev.
Bu masalada ham tuman hokimi va ham Oliy Majlis deputati o'z fikrlarini bildirib, muammoni tez kunda bartaraf etish bo'yicha zaruriy choralarni ko'rishni ta'kidladilar. 30 sentyabrgacha ushbu muammo hal etilishi qayd etildi.
Shuningdek, mahalla hududini tabiiy gaz bilan ta'minlash maslalasi hum ko'rib chiqildi. Tabiiy gazning bosimi pastligi bois, bugun g'aznovliklar bu manbadn foydalana olishmaydi, lekin suyultirilgan gaz mahallaga vaqtida yetkazib berilmoqda. Shunigdek, uchrashuvda maktab binosi yoniga qo'shimcha bino qurish masalasi ham o'traga tashlanldi. Chunki bugun maktabda o'quvchilar uch smenada tahsil olishga majbur bo'lishmoqda. Uchrshauv davomida ijtimoiy soha ob'ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta'lim muassasalari va aholini muqobil energiya manbai bilan ta'minlash masalasida ham tuman hokimi o'z fikrini bayon etdi. Tumanga aholi ehtiyojidan kelib chiqib, 10 000 tonna ko'mir olib kelinishi rejalashtirilgan bo'lib, bu manba eng avvalo, ijtimoiy soha ob'ektlari va aholi, ayniqsa, chekka hududlarda yashaydigan aholiga arzon naxlarda yetkazib beriladigan bo'ldi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati