Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Qo'shnichilik - ming yilchilik”

×

 2020-09-19 16:36:15    1181

PDF yuklash
Chop etish


“Qo'shnichilik - ming yilchilik”

         “Qo'shnichilik - ming yilchilik” deydi dono xalqimiz. Shunday ekan, biz har doim yaqin qo'shnilarimiz bilan o'zaro mehr-muhabbat va do'stona munosabatda bo'lishimiz lozim. Mamlakatimizda bu yo'nalishda mo'htaram Prezidentimizning odilona siyosati tufayli e'tirof etishga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.

         Sux tumani viloyatimizning eng kenja va chekka, anklav tumani hisoblanadi. To'rt tomoni Qirg'iziston Respublikasi bilan o'ralgan go'shada qo'shnilar bilan o'zaro oqibat va xayrixohlikda yashash bugungi kunning asosiy talabi va hayot taqozosidir. Zotan, “Yon qo'shni – jon qo'shni” maqoli ham bejiz aytilmagan.

         Kecha tumanimizga Qirg'iziston Respublikasi Batken tumani vakillari tuman hokimi Markayev Kalanbek Orozovich boshchiligida tashrif buyurishdi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi tumanimiz vakillari mehmonlarni davlatlarimiz chegarasi tutashgan joyda o'ziga xos tarzda kutib olishdi.

         –“Tashrifdan asosiy maqsad asrlar osha shakllangan do'stlik va yaqin qo'ni-qo'shnichilik qadriyatlarni yanada jonlantirish va o'rtadagi do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan iborat”, dedi Qirg'iziston hokimi kutib olish marosimida.

         –“Albatta, bugungi kunda ikki davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan do'stona munosabatlar ikki qo'shni xalqni yanada birlashtiradi va jipslashtiradi, ahillik va o'zaro do'stona aloqalar tufayli mamlakatlarimiz taraqqiyoti va rivojlanishiga biz ham o'zimizning hissamizni qo'shishimiz lozim”, - dedi kutib olish jarayonida Sux tumani hokimi.

         Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Sux tumanidagi bo'layotgan o'zgarish va yangilanishlar mehmonlarda juda katta taassurot qoldirdi. 2020 yilning 8 avgustidagi Prezidentimiz imzosi bilan qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gai 4798-sonli qarorning mazmun-mohiyatiga oshno bo'lgan mehmonlar bu qaror darhaqiqat, ta'rixiy qaror ekaanligini alohida ta'kidlashdi.


         Mehmonlarning tashrifi Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan “Sux namunasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik korxonasi bilan tanishishdan boshlandi. Jamiyat rahbari Korimjon G'oibnazarov korxona bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidenti e'tibori asosida qurib foydalanishga topshirganligi,  ishlab chiqarish jarayoni, amalga oshirilayotgan ishlar haqida mehmonlarga gapirib berdi. Mehmonlar ham o'z navbatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishib, mahsulotlar sifatliligi va eng asosiysi, qiymati hamyonbop ekanligini ta'kidlashdi. Qo'shni davlatga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishga ham kelishib olindi.

Ayni kunda korxonada 30 dan ortiq xotin-qizlar faoliyat olib borishadi. Barcha ishchilar uchun korxonada qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan bo'lib, mehnatlariga yarasha munosib mehnat haqi ham olishadi. Ha, rag'bat bor joyda rivojlanish bo'lishi tabiiy hol albatta.


         Suxning maftunkor tabiati, muqaddas qadamjolari har doim har bir insonni o'ziga rom etgan. Maftunkor tabiat go'shasida joylashgan Hazrati Ali ziyoratgohida bo'lgan mehmonlar ishtirokida ikki davlat o'rtasidagi o'zaro do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlanishi yo'lida duolar qilindi.

         O'zbekistonda barkamol avlod ta'lim-tarbiyasi, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiya olayotgan farzandlarimiz va  umumiy o'tra ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o'quvchilarga ham davlatimiz tomonidan alohida e'tibr qaratilgan. Tumandagi 6-sonli MTT ham o'tgan yili qurib foydalanishga topshirilgan. Ushbu muassasada bo'lgan Qirg'iziston delegatsiyasi a'zolarini muassasa tarbiyalanuvchilari o'ziga xos mehmondorlik ila kutib olishdi. O'zbek, tojik va qirg'iz tillarida ijro etilgan ko'y-qo'shiqlar mehmonlarga juda manzur bo'ldi.


         Tumanimizning 4-sektori ham bugun obodonalashtirish hududiga aylangan desak, mubolag'a emas. Bunga mehmonlar ham tashrif chog'ida guvoh bo'lishdi. Chumoqcha mahallasida davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan yangi mahalla fuqarolar yig'ini ma'muriy binosi, tadbirkor Shavkatjon Akbarov tomonidan mahalla binosi yonida qurilayotgan aholiga maishiy xizmat ko'rsatish kompleksi, Chashma mahallasida “Binokori mohir” mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan qurilayotgan yangi zamonaviy ko'p qavatli uy-joylar, Zangat mahallasida faoliyat olib borayotgan usta-duradgorlar ishlari, ular tomonidan yaratilgan yog'och-uymakorlik namunalari, eshik-rom, darvoza, milliy hunarmandchilik yo'nalishida yaratilgan xalqona dam olish surilari mehmonlarda o'ziga xos havas va shavq-zavq uyg'otganini ularning yuz-ko'zlarida ko'rinib turardi.


         Tumanimiz markaziga o'zgacha chiroy bag'ishlayotgan davlat xizmatlari  markaziga tashrif  buyurgan mehmonlarga markaz direktori Muxtorjon Sayidahmedov bugungi kunda markaz tomonidan aholiga 140 dar ortiq xizmat ko'rsatilayotgani, bir kunda 100ga yaqin mijozlar markaz xizmatidan bahramand bo'layotganliklari, hatto Farg'ona va Toshkent shahriga bormasdan haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish, xorijiy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olganlik haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish ishlari ham bevosita markazda bajarilayotgani haqida ma'lumotlar berildi. Zamonaviy elektron navbatda turish jarayonini boshqaradigan moslama, zamonaviy xizmatlar banki, info-kiosklar Suxliklar xizmatida ekanligi ham mehmonlarga tushuntirib berildi. –“Bizda Suxlik tadbirkorlarga har doim beg'araz yordam ko'rsatiladi. Shuning uchun, tumanimizda tadbirkorlik rivojalanmoqda, buning barchasi Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli amalga oshirilmoqda”,-dedi markaz direktori mehmonlarga.


         Darhaqiqat, bugun tumanimizda tadbirkorlik rivojlanmoqda. Tarixiy 4798-sonli qaror asosida tumanimizda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Yangi erkin iqtisodiy mintaqalar tashkil etilmoqda Sux tumanida. Malbud massivida shakllanayotgan iqtisodiy mintaqada bo'lgan mehmonlar tumanning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlik rivojiga zamina bo'layotgan hudud iqtidoriga guvoh bo'lishdi. Bu yerda tadbirkorlik shtabi ham tashkil etilgan bo'lib, tadbirkorlar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratib berilgan. Tuman investitsion salohiyatini o'zida mujassamlashtirgan iqtisodiy mintaqada Suxning taraqqiyoti va rivojiga bugundan ishonchli qadamlar qo'yilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, bu hududda savdo-sanoat  sohasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun qo'shni tumanlar rahbarlari kelishib oldilar.


         O'zaro mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlash, ikki qo'shni tumanlar orasida barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yo'lga qo'yish masalalari tumanning “Xalifa Mahmatov” nomli dam olish guzarida muhokama etildi. Tashrif yakuniga bag'ishlangan o'zaro so'hbatda tomonlar ko'p masalalarni birgalikda hal etish bo'yicha maslahat qilishdi. O'zaro kelishuvga binoan tabiiy reusurslar – yaylovlar, ichimlik va sug'oriladigan suv manbasidan foydalanish, demarkatsiya masalalari hal etilgan hududlarda ikki tomon manfaatdorligiga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga tatbiq etish bo'yicha fikrlar almashildi.


         So'hbat o'zaro hurmat-ehtirom va ahil qo'shnichilik tamoyillarga asoslanib o'tkazildi. Uchrashuv davomida ikki qo'shni tuman hokimlari o'zaro qimmatbaho savg'alar almashinuvini amalga oshirishdi. Xulosa, ikki tomon uchrashuvi do'stona ro'hda bo'lib o'tdi va bu uchrashuv davlatlarimizning kelajakdagi strategik hamkorligiga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi desak, xato emas.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati