Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 196 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HILOL” – BOLAJONLARNING YaNGI MASKANI

×

 2020-09-09 17:53:31    101

PDF yuklash
Chop etish


“HILOL” – BOLAJONLARNING YaNGI MASKANI

         «Bolalarga bering dunyoni” deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Zotan, dunyoning borligi farzandlarimiz bilan, kulgusi dunyoni egallashga qodir bolajonlar bilan go'zaldir. Bugun mo'htaram Preziyentimiz tomonidan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor ularni nurli kelajagini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.


         2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining Sux tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturiga tumanda 10 ta oilaviy shakldagi maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish, 11 ta maktabgacha ta'lim tashkilotining bo'sh turgan xonalarini ta'mirlash orqali qo'shimcha guruhlar ochib, tumanda maktabgacha ta'lim tizimiga joriy yil yakunlariga ko'ra bolalarni qamrab olish ko'rsatkichini 37,4 foizdan53 foizga yetkazish kiritilgan. Aytish mumkinki, birgina avgust oyi davomida va sentyabr oyining shu kunigacha tumanimizda Dastur asosida keng ko'lamli ishlar oli borildi. Bugun Suxda sakkizinchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

         Yangi ochilgan “Hilol” olilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimida qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddiy rahbarlar taqdimot marosimidan so'ng muassasada bolajonlarga yaratib barilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdilar. Tadbirda so'z olib jajji bolajonlarni tabriklar ekan, tuman hokimi Prezidentimiz tomonidan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor, tumanimizda maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqirda gapirib, berilgan imkoniyalartdan samarali foydalanish lozimligini alohida ta'kidladi.

         Tadbir davomida maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etishda hissa qo'shgan tadbirkor Habibaxon va Hilolaxon Murodovalarga tuman hokimliginng esdalik sovg'alari topshirildi. Bolajonlarga ham ajoyib sovg'alar taqdim etildi va ular o'z minnatdorliklarini ajoiyb qo'shiq va raqslari bilan bayon etishdi. Go'zal tabiat og'o'shida joylashgan bu muassasada Vatanimiz kelajagini bunyod etishga qodir bolajonlar ta'lim-tarbiya oladilar.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati