Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining o'n uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
2020-09-08 18:39:45 228
Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining o'n uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
Bugun Sux tumani hokimligi majlislar zalida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining o'n uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tumandagi korxona tashkilotlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiyani xalq deputatlari Sux tumani Kengashi raisi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonasi tuman bo'limi mudiri M. Jumayev ochdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibiga qo'yidagi masala qo'yildi:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida joriy yilning 28 avgust kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosi yuzasidan hududlardagi epidemiologik vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, maktablar faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida maktablarni sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlash, dezinfektsiya ishlarini tashkil etish, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlari to'g'risida sektorlar va mutasaddiy idoralar rahbarlarining hisoboti.
Sessiyaga qo'yilgan masala yuzasidan – tumanning birinchi sektorida amalga oshirilgan ishlar borasida sessiya ishtirokchilari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning hisobotini tinglashdi.
Tuman hokimi o'z hisobotida jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilayotgan xar bir videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, shuningdek bugungi kunda koronavirus pandemiyasi ortidan paydo bo'layotgan inqirozni yengib o'tish, Sux tumanida epidemiologik vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, maktablar faoliyatini yo'lga qo'yish, bu borada maktablarni sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlash, dezinfektsiya ishlarini tashkil etish, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida alohida to'xtalib o'tdi.
Ta'kidlandiki, Farg'ona viloyati hokimligining 2020 yil 3-sentyabrdagi 06-07/4367 sonli topshiriq xatiga asosan tumanda sektorlar kesimida ishchi guruhlar tuzilib, mutasaddiylarga rasmiy topshiriqlar berildi. Tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan tumandagi 29 ta umum ta'lim maktablar va 3 ta IDUMlarda o'rganishlar o'tkazilgan va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo'yicha ishlar olib borilgan.
Shuningdek, sessiya davomida masala yuzasidan ikkinchi sektor rahbari, tuman prokurori F. Abduvaliyev, tuman ichki ishlar bo'limi bolig'i, uchinchi sektor rahbari Q. Rahimberdiyev va to'rtinchi sektor rahbari, tuman DSI boshlig'i F. To'raboyevlar ham hisbot berishdi. Hisobotlarda sektorlar kesimida olib borilgan ishlar, aniqlangan kamchiliklar va bartaraf etilishi lozim bo'lgan muammolar o'z aksini topdi.
Sessiya davomida masala yuzasidan tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri A. Temirov, tuman sanitariya-epidemilogiya osoyishtalik markazi rahbari M. Ahroriyning ma'ro'zalari tinglandi.
Ko'rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Unga ko'ra, sektor rahbarlari, xalq ta'limi bo'limi, Tibbiyot birlashmasi, davlat sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi markazi va Kengash deputatlarning takliflari hamda ishchi guruhlar hulosalarini inobatga olib, sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan ta'minlagan va dezinfektsiya ishlarini tashkil etgan holda joriy yilning 8-sentyabrь kunidan boshlab 2, 7, 24, 28 sonli, ya'ni 4ta maktablarning faoliyati yo'lga qo'yildi.
Sessiya davomida qo'yilgan masalalar bo’yicha deputatlarning muzokaralari tinglandi. Masalalar yuzasidan sessiya ishtirokchilari o’zaro fikr almashdilar va shu bilan Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining o'n uchinchi sessiyasi yakunlandi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati