Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Umumta'lim maktablarini pandemiya vaqtida faoliyat yuritishi uchun olib borilgan tayyorgarlikni o'rganish savolnomasi

×

 2020-09-04 19:16:11    161

PDF yuklash
Chop etish


Umumta'lim maktablarini pandemiya vaqtida faoliyat yuritishi

uchun olib borilgan tayyorgarlikni o'rganish savolnomasi

         1. O'quv muassasalarni  kirish joylarini SanQvaMga  mosligi:

-maktabdagi boshlang'ich va yuqori sinflar uchun kirish/chiqish  eshiklarini alohida bo'lishi;

-mavjud eshiklarni sozligi, ishchi holati;

-maktabga kirishda 2 metr oraliq masofa belgilanganligi;

         2. Maktabga kirishda o'quvchilarining poyafzalini zararsizlantirish uchun to'shamalarning tashkil etilganligi.

         3. “Ertalabki filьtr”ni tashkil etilganligi. Pirometrlarning yetarli miqdorda mavjudligi (300 nafar o'quvchiga 1ta), ma'sul xodimni buyruq bilan biriktirilganligi.

         4. Kasallikka shubha kilingan o'quvchilarni izolyatsiya qilish uchun yaratilgan sharoitlar.

         5. O'quvchilarning qo'llarini zararsizlantirish uchun vositalarning mavjudligi (1nafar o'quvchiga 20 ml. vosita hisobidan).

         6. Bino ichida harakat yo'llarining belgilanganligi.

         7. O'quv jarayonida kabinet tizimidan vaqtincha voz kechish.

         8. O'qish jadvaliga rasm, mehnat va h.k. darslarini onlayn shakliga o'tkazish.

         9. O'qish jadvalida boshlang'ich va yuqori sinf o'quvchilarining darslarini boshlanish vaqtining oralig'i 15-30 minut farq bo'lishi.

         10. Sinf xonalari uchun alohida tozalovchi, yuvuvchi va zararsizlantiruvchi va yig'ishtirish anjomlarining yetarli tashkil etilganligi hamda yo'nalishi bo'yicha belgilanganligi.

         11. Zararsizlantirish eritmalarni tayyorlash uchun alohida xona va ularni tayyorlash uchun katta sig'imli idishlarning mavjudligi.

-zararsizlantirish tartibi bo'yicha biriktirilgan xodimning bilim saviyasi.

         12. Maktab xodimlari va o'quvchilarning qo'llarini yuvish uchun sharoit mavjudligi (suv ta'minoti, 30 nafar o'quvchiga 1ta qo'l yuvgich, sovun  zahirasi, oqava suvlar ketadigan tizimi). Ularning soz holatda ishlashiga mas'ul shaxsning biriktirilganligi.

         13. Sinflarni shamollatish uchun fortochka va framugalarni mavjudligi va ularning sozligi.

         14. Maktablarga malakali tibbiyot xodimlarning biriktirilganligi.

         15. Hojatxonalar uchun alohida yorqin rangli bo'yoq bilan belgilangan tozalash va yuvish anjomlarining mavjudligi.

         16. Tashqi hojatxonalarning tozalanganligi, ta'mirlanganligi.

         17. Ishlatilgan niqob va qo'lqoplarni yig'ish uchun alohida joy va sig'im tashkil etilganligi.

         18. Oshxona va bufetlarda epidemiyaga qarshi tadbirlarni olib borilishi.

         19. Koridor, sinf xonalari va ko'zga tashlanadigan joylarda sanitariya talablari, epidemiyaga qarshi tadbirlar hamda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va utilizatsiyasi to'g'risida ko'rsatmalarning mavjudligi.

         20. Qo'llarni zararsizlantirishga mo'ljallangan dozatorlar yoki antiseptik bo'lgan idishlarning har bir sinfxonada mavjudligi.

         Vaziyatga ko'ra qo'shimcha savollar bo'lishi mumkin.

 

         M.A.Ahrori - So'x tumani Sanitariya Epidemiologik Osoyishtalik

                                               markazi bosh vrachi