Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tashabbuskor yoshlar tashabbusi

×

 2020-08-29 18:36:43    109

PDF yuklash
Chop etish


Tashabbuskor yoshlar tashabbusi

         Istiqlolimizning 29-yillik to'yi arafasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sux tumani Kengashi tomonidan “Tashabbuskor yoshlar” aktsiyasi doirasida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.

          Tadbirlar doirasida tashabbuskor Suxlik yoshlar tumandagi yakka yolg'iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, boquvchisini yo'qotganlar, hamda nuroniy va nafaqa yoshidagi faxriylar holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga bevosita tashrif buyurib, uy yumushlariga yaqindan yordam berishdi. Mo''tabar va aziz insonlarni bayram bilan tabriklab,  tumandagi yoshlar yetakchilari va maktab sardorlari tomonidan esdalik sovg'alari topishirildi.

         Yoshlarimizning bunday ezgu tashabbusidan nuroniy otaxonlaru mo''tabar onaxonlarimiz qo'llarini duoga ochib, tashabbuskorlarga o'zlarining samimiy minnatdorchiligini izhor etishdi. Ayniqsa, bunday tashrif va sovg'alar imkoniyati cheklangan yoshlar uchun katta quvonch va xursandchilik baxsh etdi.

                Sux tumani hokimligi Axborot xizmati