Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo'lib o'tdi

×

 2020-08-28 18:09:59    178

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Sux tumani Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo'lib o'tdi

         Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

         Sessiyani xalq deputatlari So’x tumani Kengashi raisi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonasi tuman bo'limi mudiri M. Jumayev ochdi va olib bordi.

         Sessiya kun tartibiga qo’yidagi masala qo’yildi: Tumandagi aholining ehtiyojmand qatlamini qo'llab-quvvatlash (“temir daftar”), tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet davromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari to'g'risida tuman hokimining hisoboti.

         Sessiyaga qo'yilgan masala – aholining ehtiyojmand qatlamini qo'llab-quvvatlash  (“temir daftar”), tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet davromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida tumanda amalga oshiratyogan ishlari to'g'risida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevnging axboroti tinglandi. 

         Tuman hokimi o'z hisobotida jumladan, davlatimiz raxbari tomonidan o'tkazilayotgan xar bir videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, shuningdek bugungi kunda koronavirus pandemiyasi ortidan paydo bo'layotgan inqirozni yengib o'tish, uning oqibatlarini yumshatish, shuningdek kambag'allikni qisqartirish bo'yicha bir qator  ustuvor vazifalar belgilanib olganligi haqida gapirdi.

         Ta'kidlandiki, bugungi kunda So'x tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan 1 ming 466 ta oilalarning daromadini oshirish maqsadida 4 ta sektor kesimida ehtiyojmandlarni joriy yilning yakuniga qadar ishga tushirilishi belgilangan 334 ta yunalishlarni amalga oshirish hisobiga bandligini ta'minlash yuzasidan manzilli ro'yxati shakllantirib olindi. Bu boradagi ishlar deputatlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

         Davlatimiz rahbarini Farg'ona viloyatiga 2020 yil 5-6 iyunь kunlari qilgan tashrifida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish bo'yicha har bir oiladan 1-nafarini bandligini ta'minlash yuzasidan berilgan ko'rsatmalarni ijrosini ta'minlash maqsadida So'x tumanida ijobiy ishlar amalga oshirildi.

                   Shuningdek, tuman hokimi tumandagi 4ta sektor rahbarlariga 10 kishidan iborat iqtisodiy kompleks xodimlari (iqtisodiyot, investitsiya, moliya, soliq, bandlik, bank, prokuratura, IIB) ishchi guruhlar tuzilib, ularga iqtisodiy kompleks xodimlari biriktirilganligi to'g'risida gapirib, belgilangan vazifalarni vaqtida va sifatli bajarilishni ta'minlash kunning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi.

         Shuningdek, tuman sektor rahbarlari ham kun tartibidagi masala yuzasidan so'zga chiqdilar. Tumanda amalga oshirilgan ishlar borasida o'z hisobotlarini taqdim etdilar.

         Sessiya kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan hokim o’rinbosarlari, shuningdek, masalaga daxldor bo’lgan mutasaddiy idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

         Sessiya davomida muzokaraga chiqqan tuman Kengashi deputatlari masala yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Sessiya yakunida ko'rilgan  masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati