Sux tumanida ko'p qavatli uy-joylar quriladi
2020-08-26 18:22:16 180
Sux tumanida ko'p qavatli uy-joylar quriladi
2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturiga asosan tumanimiz hududida har biri 30 xonadonli 7 ta 5 qavatli uy-joylar qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Prezidentimizning 4798-sonli qaroriga binoan ushbu maqsadga 28 milliard so'm yo'naltiriladi. Ko'p qavatli uylar qurilishining moliyalashtirish manbai 2020 yilda qishloq joylarda ko'p-kvartirali arzon uy-joylar qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag'larning iqtisod qilingan qismi hisobidan amalga oshiriladi.Bu ishlarga bevosita “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farg'ona viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo'mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq qurilish bank mas'ul ijrochilar etib belgilangan.
Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli tumanimizda barcha 7ta ko'p qavatli uylarning qurilish ishlari boshlab yuborildi. Rejaga ko'ra, bitta bino Chashma mahalla fuqarolar yig'ini, ikkita Devayron mahallasida va 4 ta zamonaviy inshoot Navobod mahallasi hududida quriladi. Yana bir e'tiborli jihati shundaki, barcha qurilish ishlari Suxlik quruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hurmatli Suxliklar! Agar Siz qurilishi boshlanggan yangi zamonaviy binolardan uy sohibi bo'lish istagida bo'lsangiz, Sux tumani hokimligi va tuman Davlat Xizmatlari markaziga murojaat etishingiz mumkin.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati