Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumani hududida ichimlik suvi bilan bog'liq muammolar bartaraf etilmoqda

×

 2020-08-21 16:37:52    199

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumani hududida ichimlik suvi bilan bog'liq muammolar bartaraf etilmoqda

         Sux o'zining go'zal tabiati va maftunrorligi bilan dong taratgan bo'lsada, ba'zi jabhalarda aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklar ham bor. Asosiysi, Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli bugungi kunda ushbu muammolar tizimli ravishda bartaraf etilmoqda.

         Farg'ona viloyati “Suvta'minot” MChJ Sux tumani filiali rahbari Farhodjon Azimbekovning ma'lumotiga ko'ra, bugun tuman hududida suv ta'minotini yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Filial rahbarinning so'zlariga ko'ra, -“11 ta mahallada qisman bo'lsa ham, suv bilan bog'liq muammolar bartaraf etildi. Filialimizda 48 nafar xodimlar faoliyat olib borishadi. Asosan bugungi kunda mahallalarda plastmassali quvurlar orqaloi suv tortish maqsadida ishlar olib borayapamiz. Maxsus tenikalarimiz bo'lmaganligi bois, asosan qo'l mehnati orqali ishlayapmiz. Suvga bog'liq muammolar talaygina. Albatta, bu kabi muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga harakat qilamiz”.     

           Ma'lumot uchun: bugngi kungacha tuman miqyosida Sebzor mahalla fuqarolar yig'inida 5296 metr, Hushyorda 680 metr, Qaqir mahallasida 891 metr, Sharqobod hududida 4736 metr, Chashma mahallasida 2600 metr, Oftobru mahalla fuqarolar yig'ini hududida 4120 metr, Guliston hududida 1804 metr, Zangat aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 1482 metr, Sohibkor mahalasida 1160 metr, Demursadda 280 metr yangi tarmoq tortish ishlari olib borildi. Shuningdek, Sux mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ichimlik suvi qudug'iga yangi suv nasosi o'rnatilib, 165 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Jami bo'lib bugungi kungacha 23 049 metr yangi tarmoq tortilib, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

         Ushbu raqamlardan ko'rinib turibdiki, tumanimiz hududida suv ta'minotiga bog'liq muammolar bartaraf etilmoqda. Lekin hali qilinadigan, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Albatta, muammoning yechilishiga vaqt, muddat va albatta mablag' lozimligini unutmasligimiz lozim. Zotan, berilayotgan e'tibor va amalga oshirilayotgan ishlarga xayrixoh bo'lsak oldimizdagi barcha qiyinchiliklarni hamjihatlikda yengamiz.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati