Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yuz bilan yuzlashganlar e'zozda

×

 2020-08-21 16:23:29    139

PDF yuklash
Chop etish


Yuz bilan yuzlashganlar e'zozda

         “Oltin olma, duo ol” deyishadi dono xalqimiz. Darhaqiqat, duoning qudrati barcha sarvat va boyliklardan ham ustundir. Inoyatxon Jumayeva tumanimizning Istiqlol mahallasida yashaydi. 1921 yilda tug'ilgan. Inoyatxon-momo bugun o'zininng yaqinlari - farzandu nabira, abira va chevaralari ardog'ida.

         Sux tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini mutasaddilari bilan Inoyatxon-momoni ziyorat etish maqsadida Jumayevlar xonadoniga tashrif buyurishdi. Yuz yoshli nuroniy momoga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. –“Iloyim osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch va Yurtboshimizning boshi omon bo'lsin! Mening yoshimga yetinglar”, - deya Inoyatxon-momo qo'llarini duoga ochishdi.

         Yuzlaridan nur yog'ilib turgan momoning duosini olish, bunday nuroniy onaxonlarimizni ardoqlash, ularga mehr-oqibat ko'rsatish barchamizning vazifamizdir. Zero, yoshi ulug' insonlar qut-baraka, tinchlik-totuvlik, ahil-inoqlik va rafoqat ramzidir. Bunday aziz va mo''tabar insonlarning duosi mustajobdir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati