Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 135 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalqaro “Armiya-2020” harbiy o'yinlari TAYYoRGARLIK TADBIRLARI

×

 2020-08-20 17:45:24    105

PDF yuklash
Chop etish


Xalqaro “Armiya-2020”  harbiy o'yinlari

TAYYoRGARLIK TADBIRLARI

         Avval xabar berganimizdek,  Qo'qon shahrida o'tkaziladigan ARMIYa-2020 o'yinlarining “YO'L PATRULI” musobaqasiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

         Musobaqa  Bosh hakamlari va Hay'at a'zolariga sertifikatlar topshirish tadbiri bo'lib o'tdi.

         Harbiy qism o'quv markazida Rossiya Federatsiyasi, Belarusь Respublikasi va O'zbekiston terma jamoalari Bosh hakamlari va Hay'at a'zolariga sertifikatlar topshirildi.

         Mazkur musobaqada bosh hakamlik vazifasi Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondonining o'rinbosari, polkovnik Zafar Bazarbayevga yuklatildi. Tadbirda musobaqani shaffoflik bilan baholash va odilona qarorlar qabul qilish hakamlarning asosiy vazifasi ekanligi alohida ta'kidlandi.

         Ishtirokchilarga xavfsizlik qoidalari yana bir bor tushuntirilib, o'quv nuqtalari bilan tanishtirildi.

         O'quv nuqtalaridagi barcha harakatli jarayonlarning musobaqa talablariga mos holda bo'lishi Hakamlar va terma jamoalar mas'ul vakillari bilan birgalikda kelishib olindi. Jamoalar musobaqa nizomiga  ko'ra bellashuv davomida harakatlanadigan  “NEXIA-3” rusumli avtomobillarni qabul qilib olishdi.

         Bevosita maydonning o'zida avtoulovlar jamoalarga biriktirildi, ishtirokchilar mashinalarning qulayliklari bilan tanishish uchun ularni  boshqarib ham ko'rishdi.

         Musobaqalar doirasidagi barcha jarayonlar sanitariya-gigiyena talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda.

                   ShARQIY HARBIY OKRUG MATBUOT XIZMATI