Chashma mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
2020-08-18 16:57:49 207
Chashma mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Aytish lozim, tumanimizda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan 4798-sonli "2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorini ijrosi yuzasidan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Asli Prezidentimiz e'tibori asosida obodonlashtirish ishlari tumanimiz hududida bundan ikki oy oldin boshlangan. Boshlangan ezgu ishlar bugun o'zining mantiqiy davomini topayotir.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, berilayotgan e'tibor va amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga javoban xalqimiz qalbida mamnuniyat va shukronalik tuyg'ulari paydo bo'lib, har birimizni yuksalish sari yetaklamoqda. Chunki Prezident imzosi bilan alohida tuman uchun bunday qaror aslida qabul qilinmagan va Sux xalqi uchun bu qaror darhaqiqat, tarixiy sanaladi.
Chashma mahallasida o'tgan shu qisqa ikki oy mobaynida elektr energiyasi, aholini ichimlik va sug'orish suvi bilan ta'minlash, yo'llarni ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish bo'yicha arzirli ishlar amalga oshirildi. Kuni kecha bizga Chashma mahallasida yashovchi Sho'hratjon Boltayev telefon orqali qo'ng'iroq qilib, qilingan barcha ezgu amallar va g'amxo'rliklar uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. Albatta, tumanda yashaydigan har bir fuqaro ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklarga nisbatan doimo shukur qilishi va xayirxoh bo'lishi lozim. Zero shukronalik va xayrixohlik taraqqiyot va farovonlikning muhim omilidir.
Chashma mahallasi hududida ko'p qavatli turar-joy binolari qurilmoqda. Yangi zamonaviy turar jolarni bunyod etilishida tuman quruvchilari mehnat qilishayotir. Yangi 24 xonadondan iborat ko'p qavatli zamonaviy binoning qurilishi tumanimizning "Binokori mohir" firmasining zimmasiga yuklatilgan. –“Maqsadimiz xalqimizga arzon va sifatli uylar qurib berishdan iborat”,-deydi firma rahbari Abduvohid Jumayev.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tumanimiz sektorlari rahbarlari quruvchilar bilan uchrashib, bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish hamda qurilish materiallarini yetkazilishida ko'mak berish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, Chashma mahallasida ko'chalarni betonli qoplama bilan qoplash ishlari olib borilmoqda va bu ishlar jarayoni bilan ham tuman hokimi yaqindan tanishdi. E'tiborlisi shundaki, bajarilayotgan barcha ishlarda Suxlik yoshlar bevosita ishtirok etib, tuman obodligi va rivojlanishiga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shmoqda.
Obodonlashtirish ishlari barobarida kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish ishlari ham davom etmoqda. Tuman hokimi boshqa mutasaddiy rahbarlar bilan Chashma voqealarida boshpanasiz qolgan Beknazarovlar xonadoniga tashrif buyurib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etdi. Xabaringiz bor, Chashma voqealaridan so'ng tuman hokimining bevosita tashabbusi bilan Beknazarovlar oilasi vaqtinchalik yashash manzili bilan ta'minlangan.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati