Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hushyor hududidagi muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda

×

 2020-08-18 16:42:54    216

PDF yuklash
Chop etish


Hushyor hududidagi muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda

         Bugungi kunda tumanimizda obodonchilik va bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Chashmadan Hushyorgacha va Rovondan G'aznovgacha bo'lgan hududda Respublikamiz hukumati va bevosita Prezidentimiz e'tibori tufayli obodonlashtirish ishlari keng quloch yoygan.

         Barcha say-harakat va intilishlar eng avvalo, mavjud kamchilik va qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Barchamizga ma'lumki, tumanimizning aksariyat hududlarida aholi ichimlik va sug'orish uchun foydalanadigan suv ta'minotidagi kamchiliklardan aziyat chekishmoqda. Bu ayniqsa, Hushyor hududida istiqomat qiladigan aholi uchun kechagi yoki bugungi kundagi muammo emas. Bizga yetgan ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda ushbu hududda suv ta'minoti bilan bog'liq muammolarni hal etish ishlari olib borilmoqda. Barcha maxsus kuchlar va texnikalar hozirda Hushyor hududiga safarbar etilgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, hudud aholisining suv ta'minotiga bo'lgan ehtiyoji qondirilsa, o'zidan o'zi ko'pgina muammo va kamchliklar ham barham topadi.

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev sektorlar rahbarlari bilan birgalikda ushbu soha mutaxassislari bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan barcha ishlar samarali bo'lishligi va suv ta'minoti bilan bog'liq barcha muammolarni hal etish sifatli amalga oshirilishi lozimligini alohida ta'kidladi. -"Bu hudud aholisi bizning faoliyatimizdan minnatdor bo'lishi kerak. Sifatli bajarilgan ishda unum va baraka bo'ladi", - dedi tuman hokimi uchrashuv chog'ida. Hushyorning Sebzor mahallasiga plastik quvurlar orqali obi hayot kirib kelayotir.

         Bugungi kunda mahallaning sel yo'lini ta'mirlash ishlari ham jaddallik bilan davom etmoqda. Bu maqsadga maxsus texnikalar safarbar etilgan. Tuman hokimi tashrifi davomida mahalliy aholi bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammo va kamchliklar o'rganildi. Kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat va dori-darmonlar, shuningdek, subsidiyalar asosida issiqxonalar yetkazib berildi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati