Sux tumanida oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarining soni yana ikkitaga ko’paydi
2020-08-14 19:33:01 152
Sux tumanida oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarining soni yana ikkitaga ko’paydi
Bolalar bizning kelajagimiz. Shuning uchun, barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga bizning Respublikamizda alohida e'tibor qaratilgan. Maktabgacha ta'limga tizimiga bo'lgan bugungi e'tibor davlat siyosatiga ko'rtarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Buni yurtimizning chekka va olis hududlarida ham ko'rish va his qilish mumkin. Birgina Sux tumanida o'tgan 2019 yilda 5 ta maktabgacha ta'lim muassasasi qurib, foydalanishga topshirilishi ham berilayotgan e'tiborning yorqin natijasidir. Shuningdek, tumanda oilaviy nodavlat maktagacha ta'lim tashkilotlarining soni ham ortib bormoqda. Bugun tumanimizda ularning soni yana ikkitaga kupaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-apreldagi "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3651-conli qarori ijrosini taьminlash hamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolajonlarni ta'lim tashkilotlariga keng qamrab olish maqsadida tumandagi bugun Sarikanda va Guliston mahalla fuqarolar yig'inida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.
Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan “Baxtli bolajon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Muassasaning tashkil etilishida yakka tartibdagi tadbirkor Shohidjon Muhridinovning hissasi cheksiz. Karantin cheklovlariga rioya etgan holda mahallada tuman hokimi S. Sayidmusayev, tuman sektorlar rahbarlari hamda mahalla nuroniylari ishtirokida muassasaning topshirilishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda ishtirok etib so'z olganlar eng avvalo, Prezidentimiz tomonidan maktabgacha ta'lim tizimiga berilayotgan g'amxo'rliklar, mavjud tumangacha ta'lim tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan e'tibor haqida gapirib, ko'rsatilgan e'tiborga javoban barkamol avlod ta'lim-tarbiyasida samarali faoliyat olib borish lozimligini ta'kidlab o'tdilar. Yangi ochilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida 25 nafar bolajonlar tarbiya olishadi.
-“O'tgan yili bizning mahallamizda yangi zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Prezidentimizning e'tibori va mahallada maktabgacha ta'lim tashkilotiga bo'lgan talabga nisbatan bugun mahallamizda yana bitta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etildi. Biz bundan juda mamnunmiz”-deydi Guliston mahalla fuqarolar yig'ini raisi Isojon Kabirov. “Zulfira” nomli oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi va boshqa mutasaddiy rahbarlar ishtirok etishdi.
Yangi ochilgan muassasada bolajonlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Yakka tartibdagi tadbirkor Hamida Sultonovaning ma'lumotiga ko'ra, bu muassasada ham 25 nafar bolajonlar tarbiya olishadi. Ochilish marosimida baxtli bolalik, mutaqillikni tarannum etuvchi ko'y-qo'shiqlar yangrab bolajonlarni davraga chorladi. Shirin so'z va o'ziga xos she'rlar bilan bolajonlar Prezidentimizga samimiy minnatdorchilik bildirishdi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkor va bolajonlarga esdalik va qimatbaho sovg'alar taqdim etildi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati