Ko'p kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlash uchun mablag'lar to'plash va ulardan foydalanish tartibi
2020-08-13 18:16:08 158
Ko'p kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlash uchun mablag'lar to'plash va ulardan foydalanish tartibi
Ko'p kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlash uchun pul mablag'larini to'plash maqsadida, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to'plash hisobvarag'i ochiladi.
Quyidagilar ko'p kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlash uchun mablag'lar to'plash manbalari hisoblanadi:
turar va noturar joy mulkdorlarining majburiy badallari;
ko'p kvartirali uylarning tashqi fasadi, tom va yerto'la qismlari hamda boshqa ijaraga berilgan maydonlar uchun ijarachilardan kelib tushadigan mablag'lar;
mahalliy byudjet mablag'lari;
Uy-joy kommunal xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari;
hokimliklar tomonidan jalb qilinadigan byudjetdan tashqari mablag'lar;
ko'p kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari.
Ko'p kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlash uchun har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bo'yicha aniq ajratmalar me'yori Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining tuman (shahar) bo'limlari bilan, agar tijorat banki krediti hisobidan amalga oshirilsa, tijorat banki bilan ham kelishilgan holda belgilanadi.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati ko'p kvartirali uyning har bir kvartirasiga shaxsiy hisobvaraq ochadi va to'langan mablag'lar, sarflangan va qoldiq summa ko'rsatiladi.
Ko'p kvartirali uylarni kapital va joriy ta'mirlashda bajarilgan ishlar hajmi va qiymati oshirib yozilganligi aniqlangan taqdirda, ortiqcha olingan mablag'lar undiriladi va aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.