Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6038-son Farmoni mazmun-mohiyati

×

 2020-08-13 17:58:16    169

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Koronaviruspandemiyasidavrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi

PF-6038-son Farmoni mazmun-mohiyati


I. Farmonning maqsadi

Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni hamda “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakatini yanada kuchaytirish.

II. Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati

Farmon bilan Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarning ro'yxatlariga kiritilgan va a'zolari 1,7 million nafardan ortiq bo'lgan 400 mingdan ko'proq oilalarga respublika byudjetidan BIR MARTALIK MODDIY YoRDAM ko'rsatiladi.

Bir martalik moddiy yordam pullari moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalar ro'yxatlariga kiritilgan oilalarga 2020 yil 15 avgustga qadar yetkaziladi.


2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar,bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshiriladi.   


2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O'zbekiston hududida:

pensiya hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so'm;

yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 so'm;

bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so'm;

zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so'm etibbelgilanadi.


2020 yilning yakuniga qadar quyidagilar ta'minlanadi:

14 yoshgacha bolalari bo'lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirib, 700 mingtagacha yetkazish;

bola 2 yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini 330 mingdan 400 mingtaga oshirish;

moddiy yordam oluvchi kam ta'minlangan oilalarning amaldagi sonini 89 mingdan 100 mingtaga yetkazish.


To'lash muddati 2020 yilning iyulь-sentyabrь oylarida tugaydigan bolalari bo'lgan oilalarga va bola parvarishi bilan shug'ullanadigan onalarga nafaqa to'lash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettiriladi.


Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalar ro'yxatlariga kiritilgan oilalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun “Saxovat va ko'mak” jamg'armasining hududiy bo'linmalariga 200 milliard so'm;


Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vrach, felьdsher, sanitar va haydovchilar) bir martalik pul mukofoti berish uchun 100 milliard so'm mablag' ajratiladi. 


Joylarda xayru saxovat, muruvvat borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarish uchun O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 150 milliard so'm mablag' ajratildi.


                   So'x tuman adliya bo'limi