Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

800 nafar fuqarolarga 500 ming so'mdan bir martalik moddiy yordam yetkazib berildi

×

 2020-08-01 11:27:30    159

PDF yuklash
Chop etish


800 nafar fuqarolarga 500 ming so'mdan bir martalik moddiy yordam yetkazib berildi

         Qurbon hayiti mehr-muruvvat, o'zaro oqibat, hamjihatlik, birdamlik va odamiylik, insonparvarlikdek xislatlarni namoyon etish bayramidir. Bayram asli xursandchilik va shodumonlik ayyomini bildiradigan tadbir sanaladi. Boshimizga sinovli kunlar tushgan bir paytda butun O'zbekiston ahli ushbu bayramni  oila davrasida, ezgu tilak va duolar ila qayd qilishayotir. Xayr va saxovat amallari ham ayni shu kunlarda keng quloch yoyadi. Boshiga kulfat tushganida ham bizning xalqimiz ko'makka mo'htoj, ehtiyojmand vatandoshlarni har tomonlama, moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlashgan. Bunga kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan 6038-sonli “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni ham yaqqol misol bo'la oladi. Farmonga muvofiq, moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarning ro'yxatlariga («temir daftar») kiritilgan oilalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun «Saxovat va ko'mak» jamg'armasining hududiy bo'limlariga 200 milliard so'm mablag' ajratildi.

         Bunday insonparvarlik mehr-muruvvatdan Suxlik vatandoshlarimizning ham baharamand bo'lganliklari Prezidentimizni Sux tumaniga bo'lgan e'tiborining nishonasidir. Farmonga binoan, Sux tumaniga ham kam ta'minlangan va ijtimoiy ko'makka mo'htoj aholi qatlamini qo'llab-quvvatlash uchun 400 million so'm mablag' ajratildi. Ushbu ajratilgan mablag' bugun sektorlar kesimida bevosita sektorlar rahbarlari, mutasaddiy idoralar vakillari ishtirokida ro'yixati shakllantirilgan fuqarolarga tarqatib berildi.

         Tumanimizning birinchi sektori tarkibiga 6 ta mahalla – Lenbur, Devayron, Tul, Sohibkor, Qal'acha, G'aznov fuqarolar yig'inlari kiradi. Birinchi sektordagi barcha mahallalar kesimida 187 nafar ijtimoiy ko'makka mo'htoj oilalar ro'yixatga olinib, ularga 93 500 ming so'm mablag' tarqatib berildi. Tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmo'sayev bevosita ushbu tadbirda ishtirok etib, Qal'acha va G'aznov mahallalarida istiqomat qiladigan ijtimoiy ko'makka mo'htoj fuqarolarga bir martalik beriladigan moddiy yordam mablag'larini topshirdi.

         Tumanning to'rtta sektori kesimida jami bo'lib, “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati doirasida 800 nafar kam ta'minlangan, ijtimoiy ko'makka mo'htoj, booquvchisini yo'qotgan, yakka yolg'iz fuqarolar va nogironlarga bir martalik moddiy yordam mablag'lari yetkazib berildi. Moddiy yordam pulini olgan har bir fuqaro berilayotgan e'tibor uchun Prezidentmizga samimiy minnatdorchilik bildirib, ezgu tilaklar ijobati uchun duoga qo'l ochishdi. Bunday xayrli amallar saxovatpesha insonlar tomonidan ham amalga oshirilayotir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati