Bobur Mirzo va Sangi oyina haqida bilasizmi?
2020-07-28 18:18:27 408
Bobur Mirzo va Sangi oyina haqida bilasizmi?
Yurtimizning ta'rixi haqida yozilgan kitoblarning aksariyatida Farg'onaning olis So'x tumani bilan bog'liq ma'lumotlar ko'p uchraydi. Darxaqiqat, barchamizga ta'rixdan ma'lumki ilk odamlar manzilgohlaridan biri Seleng'ur g'ori mazkur hududda joylshgan bo'lib, ta'rixda “Fergantrop” ya'ni Farg'ona odami nomi bilan mashhurdir. So'xliklar orasida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bilan bog'liq rivoyatlar ko'plab topiladi. Zero, buyuk sarkarda, shoh va shoir Mirzo Bobur ushbu jannatmakon go'shada bir muddat yashab, umrguzaronlik qilgan. Hindistonda 1526-1858 yillarda «Buyuk mug'ullar imperiyasi» nomi bilan hukmronlik qilgan Boburiylar davlati va O'rta Osiyoda 1709-1876 yillar davomida hukm so'rgan Qo'qon xonligini tashkil topishida Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog'liq bir necha ma'lumotlar mavjud. Qizig'i shundaki, bu ma'lumotlar o'z davrining ta'rixchilari tomonidan chuqur o'rganilgan bo'lib, unga ma'lum ma'noda ta'rixiy fakt sifatida qaralgan. Bunday ma'lumotlardan bittasi «Sangi oyina»-ga taalluqli bo'lgan ma'lumotlardir.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur So'x vohasining Ho'shьyor qishlog'ida bir yilcha yashaganini ma'lum qilgan. Ta'rixshinos olimlarning aytishlaricha, Bobur Mirzo So'x hamda uning Ho'shьyor qishloqidan bir yuzu ellikdan ortiq baquvvat va bahodir yigitlarni o'zi bilan olib ketgan va ular Boburning Afg'oniston, so'ngra Hindistonni zabt etishida o'lkan jasorat ko'rsatgan. Hindistonni qo'lga olgach, Bobur Mirzo So'xlik azamatlarni ko'rsatgan fidoyiliklari uchun qimmatbaho sovg'alar bilan siylaydi. Bu haqda «Boburnoma»-da shunday yozilgan: «Andijondin va beviloyat va bevatan yurgan yerlarimiz va So'x va Ho'shьyordin kelganlarga chakmanlar va kumush xil'atlar va oltindin va kumushdin, raxtdin, jinsdin in'omalr bo'ldi…»:
Tumanning Tul qishlog'idagi Surati tog'ida sirli Oina toshi mavjud bo'lib, mahalliy aholi bu toshni «Sangi oyina» deb ataydilar. O'rta asrlarda Oyina tosh o'g'rilar tomonidan yoqib yuborilgan. Hozir oyina toshi marmartoshga o'xshab qolgan va unda atrof xira namoyon bo'ladi. Bobur Mirzo ham Surati tog'iga kelib, ushbu Sirli oyina toshini o'z ko'zi bilan ko'rgan va bu borada o'zining «Boburnoma» asarida to'xtalib o'tgan: «Isfaraning bir shar'isida janub, sori pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur. «Sangi oyina» derlar, uzunlig'i taxminan un qari bo'lg'ay, balandlig'i ba'zi yeri kishi bo'yi, pastlig'i, ba'zi yeri kishining belicha bo'lg'ay, oyinadek har nima mun'akis bo'lur…».
Shuni aytish joyizki, Boburning So'xdagi hayoti haqida, so'xlik ta'rixshinos va adabiyotshinos olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Zero, Bobur Mirzoning So'xda kechirgan hayoti borasida, So'xliklar orasida, avloddan avlodga o'tib kelayotgan turli xil rivoyatlar mavjud.
Rivoyatlarga ko'ra, Temuriylar davlatining barham topishidan ko'p qayg'urib, tushkunlikka tushgan Bobur bir kuni xayrli bir tush ko'radi. Uning tushiga buyuk pirlardan biri kirib: «Bobur Mirzo, Siz sira qayg'urmang, ilkingizdan ketgan saltanat yana o'zingizga qaytgusidir. Adolat hamisha g'alaba qilur. So'zlarimga inonmasangiz Surati tog'iga boring. Sangi oyina deb atalmish sirli tosh bor. Unda har nima mun'akis bo'lur. Agar u toshga nazar solsangiz, unda kelajagingiz bashorat bulg'usidur», — deb yana g'oib bo'ladi.
Shu bois, Bobur Mirzo tong saharda turib, o'z mulozimlari bilan Surati tog'i tomon yo'l oladi. Suratining maftunkor tabiati, tog'lar bag'ridan qaynab chiqayotgan zilol suvlari Boburni o'ziga rom etadi. Shul sabab, Bobur Mirzo bu go'zal mavzeda ham bir necha oy yashab, so'ngra Afg'oniston tomon yurish boshlaydi. Mahalliy aholining, keksa otaxon, ta'rixchilarning aytishlaricha, Sangi oinaning ko'p xosiyati va mo''jizaviy xususiyatlari bor. Ushbu afsonaviy toshning sirlaridan biri shu ekanki, bemor kishi toshga kelib so'ykalsa, darddan forig' bo'lar ekan. Hatto hayvonlarning ham biron joyiga shikast yetsa, shu toshga kelib, tuzalishar ekan. Shuning uchun ham So'xliklar uni «sirli tosh» deb ham atashgan.
Sangi oina hali hano'zgacha Bobur Mirzo ta'rif bergan joyda turibdi. Biroq, uni yaqin yillar ichida kamdan-kam kishilar borib ko'rgan xolos.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati