Xalq deputatlari So'x tuman Kengashining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
2020-07-21 19:46:44 141
Xalq deputatlari So'x tuman Kengashining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari So'x tuman Kengashining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korxona tashkilotlar raxbarlari shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyaga tuman Kengashi deputati, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonasi So'x tumani bo'limi mudiri M. Jumayev raislik qildi.
Sessiya kun tartibiga ikkita masala – Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining 2020 yil 16 iyundagi “So'x tumanida qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh turgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga to'g'ridan-to'g'ri berish to'g'risida”gi VII-VIII/39 sonli qaroriga asosan So'x tumanida qishloq xo'jaligiga muljallanmagan bush turgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga to'g'ridan-to'g'ri berish maqsadida tuman hokimining qarorlarini tasdiqlash, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 apreldagi “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakatini tashkil etish buyicha tumanda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va samaradorligi to'g'risidagi masalalar qo'yilib, deputatlar tomonidan muhokama etildi.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Safarov Atham Murodzodaning axboroti tinglandi.
Shundan so'ng sessiya ishtirokchilari tuman yer resurslari va davlati kadastri bo'limi boshlig'i Ravshan Nozirovning ma'ro'zasini tingladilar.
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 apreldagi “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakatini tashkil etish buyicha tumanda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va samaradorligi to'g'risida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari buyicha birinchi o'rinbosari – iqtisodiyot va kamabag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'i Botirov Mamurjon Shokiraliyevichning hisoboti tinglandi.
Sessiya kun tartibiga qo'yilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari So'x tuman Kengashining deputatlari, hokim o'rinbosarlari, masalalarga daxldor bo'lgan mutasaddi idoralar rahbarlari o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati