Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'xliklar uchun tez va qulay xizmatlar

×

 2020-06-27 10:22:04    99

PDF yuklash
Chop etish


So'xliklar uchun  tez va  qulay xizmatlar

         Aytish mumkinki, Davlat xizmatlari markazi so'ngi yillarda fuqarolarimizning haqiqiy ko'makchisiga aylandi. So'x tumani DXM  direktori Muxtorjon Saidahmedovning ma'lumotlariga ko'ra, bugun tuman va shahar  markazlarida aholiga 130 turdan ortiq davlat xizmatlari ko'rstilmoqda.

         Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining  So'x tumaniga alohida e'tibori natijasida  xududda ulkan o'zgarishlar boshlandi. Jumladan, So'x tuman DXM da aholiga ko'rsatiladigan xizmat turlari yana bittaga ko'paydi. Boshqacha aytganda, so'xliklar uchun qulay imkoniyat eshiklari ochildi. Tuman Davlat xizmatlari markazida milliy haydovchilik guvoxnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvoxnomasiga almashtirish qurilmasi o'rnatildi.

         -Viloyat miqyosida bunday noyob qurilmalar bir necha tuman va shaharlarida bor xolos. Bu e'tibor esa, biz uchun juda qulay keldi. E'tiborlisi, ko'p ovoragarchiliklar va ortiqcha sarf-xarajatlarga chek qo'yildi, - deydi DXM direktori Muxtorjon Saidahmedov. Darhaqiqat, haydovchilik guvoxnomasini almashtirish uchun so'xliklar 70 kilometrdan ortiq yo'l  bosib Farg'ona shahriga borib kelishardi. Bu esa, ortiqcha ovoragarchilik va sarf-xarajat, degani. 

         So'x tuman Davlat xizmatlari markazi binosiga milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish va almashtirish xizmati qurilmalarining  o'rnatilishi minglab fuqarolarimizga sharoit va qulayliklar yaratib berilganligi bilan ahamiyatli.

         Shuningdek, So'x tuman davlat xizmatlari markaziga Respublika komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan muqobil ravishda 2020-2021-o'quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi. Bu ham  tuman yoshlariga berilgan navbatdagi imkoniyatlardan biridir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati