Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 156 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Dinimiz, mazhabimiz birligi yo'lida birdam bo'laylik

×

 2020-06-27 09:31:40    173

PDF yuklash
Chop etish


Dinimiz, mazhabimiz birligi yo'lida birdam bo'laylik

         Davlatimiz rahbari Prezident sifatida o'z fa'oliyatini boshlanganidan so'ng yurtimizda do'stlik tushunchasi yangi ma'no kasb etib, davlat ahamiyati darajasiga ko'tarildi. Sarhadlarimiz ochilib, bir biriga yaqin ko'ngillarning ko'p yillik orzulari ushaldi. Millatlar totuvligi, xalqlar do'stligi yanada mustahkamlandi.

         Xalqimizda “Qo'shning tinch, sen tinch” degan purma'no naql bor. Bevosita Prezidentimizning odilona va oqilona siyosati tufayli bugun qo'shni davlat – Qirg'iziston Respublikasi bilan o'zaro strategik hamkorlikni rivojlantirish, do'stona munosabatlarimizni yanada mustahkamlash, yaqin qo'shnichilik robitalari barqarorligini ta'minlash yo'lida e'tirof etishga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.

         Kecha Qirg'iziston Respublikasining Qadamjoy tumanida bo'lib o'tgan O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalarining din ishlari bo'yicha qumita rahbarlari, ikki mamlakat musulmonlari idoralari raislarining uchrashuvi bugun viloyatimizning betakror go'shasi – Sux tumanida davom etdi.

         Kunning birinchi yarmida O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikasi delegatsiyalari ishtirokida tuman faollari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi din ishlari bo'yicha  qumita raisi Abdug'ofur Ahmedov, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori o'rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Qirg'iziston Respublikasi Din ishlar bo'yicha davlat komissiyasi direktori Zayыrbek Ergeshev, Qirg'iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maksatbek Toktomushev va boshqa mutasaddiy soha vakillari ishtirok etishdi.

         Tadbirda ikki davlat din peshvolarining “Dinimiz, mazhabimiz birligi yo'lida birdam bo'laylik” mavzusidagi ma'ro'zalari tinglandi. –“Aslida bizga millat degan tushuncha begona. Azal-azaldan bizning ota-bobolarimiz o'zaro ahillik, hamjihatlik va do'stlikda yashab kelishgan. Mehr-oqibat, do'stlik rishtalarini mustahkamlashga intilishgan. Tojik, o'zbek va qirg'iz xalqi azaldan dost, qon qarindosh bo'lgan. Dinimiz bir. Oramizni bo'zishga o'ringan uchinchi kuchga shuni eslatib qo'ymoqchiman: Dini bir bo'lgan xalqni hech kim hech qachon orasini buzolmaydi”- dedi o'zi so'zlarida Qirg'iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maqsatbek Toktomushev.

         -“Mo'htaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning olib borayotgan odilona siyosatlari tufayli bugun ikki davlat o'rtasidagi diniy-ma'rifiy sohadagi aloqalar ham mustahkamlanmoqda”, - dedilar so'z avvalida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov. –“Biz chegaradosh hududlarda faoliyat yurituvchi imomlarning o'zaro hamkorligi va muloqotini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida ahillik, o'zaro hurmat, yaxshi qo'shnichilik tamoyillarini targ'ib qilish, har qanday nizo va ziddiyatlarning xalqlarimiz muanfaatlariga to'g'ri kelmasligini keng tushuntirib, diniy va milliy munosabatlar uyg'unligi hamda o'zaro hamjihatlikni barqaror bo'lishiga intilishimiz lozim. Biz buyuklar avlodlarimiz. Binobarin, yoshlarimizni shukur qilish, shukrona bajo keltirish, o'zaro mehr-oqibat, totuvlik, birdamlikka, asrlar osha shakllangan do'stligimizni mustahkamlashga hidoyat qilishimiz lozim. Qur'onni mahkam tutsak, musulmon, mo'min ekanligimizni unutmasak, hech qachon oramizga begona kuchlar kirolmaydi. Mo'min mo'minga faqat yaxshilikni ravo ko'radi”.

         Tadbirda so'z olgan O'zbekiston Respublikasi din ishlari bo'yicha  qumita raisi Abdug'ofur Ahmedov, O'zbekistondagi islom sivilizatsyaisi markazi direktori o'rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Qirg'iziston Respublikasi Din ishlar bo'yicha davlat komissiyasi direktori Zayыrbek Ergeshev, Sux tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmo'sayevlar ham qardosh xalqlar o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, hozirgi kundagi turli tahdidlarga qarshi birglikda kurashish, mo'min-musulmonlar birdamiligini  ta'minlash kabi masalalar bugun ikki mamlakatning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta'kidlab, ota-bobolarimizdan qolgan yaxshi qo'shnichilik, o'zaro hurmat va do'stlik rishtalarini mustahkamlash kabi ezgu qadriyatni davom ettirib, kelajak avlodga meros qoldirish lozimligini  qayd etdilar.

         Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a'zolari Hazrati Ali mahallasiga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashib, ma'rifiy suhbatlar o'tkazdilar. Uchrashuvda muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Qirg'iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maqsatbek Toktomushevlar ikki qardosh xalq o'rtasidagi ko'p asrlik do'stlik, yaxshi qo'shnichilik munosabatlari yildan-yilga rivoj topib borayotgani, muborak dinimizda qo'shnichilik rishtalariga alohida e'tibor berilgani hamda qo'shniga yaxshilik qilish haqida qo'plab tavsiyalar kelgani haqida Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida bayon qilib berdilar.

         O'zaro mehr-oqibat va hamjihatlik ro'hida bo'lib o'tgan uchrashuv Suxliklar qalbidan mangu joy oladi desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Chunki Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'yayotgan Sux tumaniga amalga oshirilgan bugungi tashrif bu muqaddas makon – qadimiy va navqiron, O'zbekistonning ajralmas bo'lagi bo'lgan hudud, jannatmakon Suxning gullab-yashnashiga muhim omil bo'lib xizmat qilishga astoydil ishonamiz.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati