Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Aholi bandligini ta'minlash - dolzarb masala

×

 2020-06-22 20:10:11    170

PDF yuklash
Chop etish


Aholi bandligini ta'minlash - dolzarb masala

         Aholini, ayniqsa, yoshlarni bandligini ta'minlash kunning asosiy masalasi hisoblanadi. Qayd etish joyiz, o’tayotgan oyning shu kunigacha tumanimizda faoliyat olib borayotgan ishchi guruh vakillari tomonidan mingdan ortiq vatandoshlarimizning bandligi ta'minlanib, ish joyi bilan bog'lik muammolar bartaraf etildi.

         O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. N. Aripovning bevosita topshirig'iga asosan, Suxlik yoshlarni Vatanimizning yirik inshootlaridan bo’lgan Tashkent City ga safarbar etilishi ham aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan yuksak e'tibor desak, xato qilmagan bo’lamiz. Agar tumanimizdan birinchi kuni Tashkent City ga 230 nafar yoshlar jalb etilgan bo’lsa, bu ko’rsatgich bugun 600 nafarni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, ikki yuz nafarga yaqin fuqarlar oilaviy va shaxsiy masalalarini hal etishlari uchun chegaradan xavfsiz o’tkazilib, Farg'ona shahriga yuborildi.

         Tadbir boshidan 900 nafardan ortiq fuqarolarning bandligi ta'minlandi. Jumladan, ishsiz qolgan fuqarolar ijtimoiy, iqtisodiy kompleks, qishloq xo’jaligi sohasi, qurilish kompleksi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ishga joylashtirildi.

         Fuqarolarni xonadon sharoitida qo’shimcha daromad topishini rag'batlantirish maqsadida, bir yuz ellik nafardan ziyod fuqarolarga 336 000 000 so’m subsidiya asosida -  240 840 000 so’mlik yengil konstruktsiyali issiqxona va 66 900 000 so’mlik sug'orish vositalari yetkazib berildi. Bunday e'tibor tufayli bandligi ta'minlangan fuqarolar qo’shimcha daromad olish manbaiga ega bo’lishdi.

         Fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkor sifatida ishsiz fuqarolarni ish joyi bilan ta'minlash masalasi ham dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tumanda tadbir boshidan yigirmaga yaqin fuqarolarga tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishlari uchun 2 899 000 so’mlik davlat bojlarii to’lab berildi.

         Jamoatchilik ishlariga jalb etish ham aholini bandligini ta'minlashga qaratilgan e'tibordan nishona. Tumanda 1 096 nafar fuqarolar mavsumiy jamoat ishlariga jalb etilib, ularga 823 096 000 so’mlik ish haqi to’lanishi belgilab o’tildi. Shuningdek, 50 dan ortiq fuqarolarni kasbga o’qitish uchun 12 428 000 so’m mablag' to’lab berilib, 54 nafar fuqarolarga 10 692 000 so’m miqdoridagi ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati