Suxda g'alla yig'im-terimi boshlandi
2020-06-22 20:00:03 192
Suxda g'alla yig'im-terimi boshlandi
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo'jalik sohasini tubdan isloh qilish, ziroatlar yetishtirishida yangi agrotexnik qoidalarini amalga tatbiq etish, hosildorlikni ko'paytirish, yer egalarini har tomonlama qo'llab quvvatlash yo'lida ko'p ishlar qilindi. Asosiysi, yer, mulk o'z egasini topdi. Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, bu yo'nalishda viloyatmizning chekka Sux tumanida ham ko'p ishlar amalga oshirildi. Sux tumanida dehqonchilikning o'ziga xos maktabi shakkllangan desak, xato qilmagan bo'lamiz. Albatta, bunga suxlik dehqonlarning sidqidildan qilayotgan mehnatlari asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Bugun Sux tumanida ham g'alla yig'im – terimi qizg'in pallaga kirgan. Birinchilardan bo'lib, Sohibkor qishloq fuqarolar yig'inida fa'oliyat yuritayotgan “Ozod” shirkat xӯjaligi mirishkorlari bu ishga bel bog'lashdi. “Ozod” shirkat xo'jaligi raisi Mӯsoboy Sotivoldiyevning aytishicha, shirkat xo'jaligi tasarrufida jami 338 gektar yer maydoni mavjud bo'lib, bundan 174 gektariga rizq ro'zimiz bo'lgan bug'doy ekildi.
Aytish kerakki, qilinayotgan barcha ish va sa'y-xarakatlar o'z natijasini berayapti. Hosildorlik har bir gektardan o'rtacha 55 – 60 sentnerni tashkil etmoqda.
Ta'kidlash lozim, o'tgan yillarda tumanga g'alla yig'im – terimi uchun mo'ljallangan kombaynlar viloyatmizning boshqa shahar va tumanlardan olib kelinardi. Bu muammo tuman soha mutasaddiylarining sa'y-harakatlari natijasida o'z yechimini topdi. Suxga lizing asosida “Arion Klaas” rusumidagi 4 dona yig'im mashinasi olib kelindi. Tuman mirishkorlari bir ezgu maqsad – g'allani nest – nobud qilmasdan yetishtirib olib, rejani ortig'i bilan bajarish va boshqa ekinlarni ham parvarishlab, sohada yaxshi natijalarga erishish yo'lida mehnat qilmoqdalar.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati