Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanida fuqarolarga xorijga chiqish uchun biometrik pasportga talabnomalar rasmiylashtirilmoqda

×

 2020-06-20 21:20:00    197

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanida fuqarolarga xorijga chiqish uchun biometrik pasportga talabnomalar rasmiylashtirilmoqda

         Viloyatimizning eng chekka tumani – Sux butun O’zbekiston diqqat markazida desak, aslo mubolag'a emas. Chunki bevosita Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor tufayli Sux bugun o’lkan bunyodkorlik markaziga aylangan.

         Aholi ijtimoiy muammo va kamchiliklarini o’rganish va hal etish barobarida tumanda huquq-tartibot organlari vakillari tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta'minlash maqsadida hududga qo'shimcha kuch va vositalarni jalb etgan holda jami 359 nafar (250 nafar ichki ishlar va 109 nafar Milliy gvardiya) xodimlarning xizmati yo'lga qo'yilgan.

         Shuningdek, pasport-viza yo'nalishida maxsus jihozlangan «Gazel» rusumli avtotransportda tumanning birinchi sektor hududida joylashgan mahallalarida ko'chma «sayyor qabul» tashkil etilib, fuqarolarga xorijga chiqish uchun biometrik pasportga talabnomalar rasmiylashtirilmoqda. Mutasaddiylar bergan ma'lumotlarga ko’ra, Farg'ona viloyati IIB MvaFRB tomonidan 13.06.2020 yil kunidan boshlab fuqarolarga yengilik va qulaylik yaratish maqsadida Sux tumanida alohida jihozlangan «Gazel» avtomobili orhali xorijga chiqish pasportini  rasmiylashtirish sayyor xizmati orqali hozirgi kunga qadar 870 nafar fuqarolarni xorijga chiqish biometrik pasporti uchun elektron talabnoma shakllantirildi. Pasport yunalishi buyicha 78 nafar fuqarolarning mummolari  Farg'ona viloyati IIB MvaFRB xamda So'x tumani IIB MvaFRB xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

         Ayni kunlarlda pasport-viza yo'nalishi bo’yicha ish olib borayotgan mutaxassislar tumanning Devayron mahalla fuqarolar yig'ini hududida  faoliyat yuritishmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko’ra, Devayron mahalla fuqarolar yig'inida 47 nafar fuqaroga xorijga chiqish uchun biometrik pasportga talabnomalar rasmiylashtirilgan.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati