Sarikandaliklar berilayotgan e'tibordan minnatdor
2020-06-18 20:58:38 176
Sarikandaliklar berilayotgan e'tibordan minnatdor
Tekis va ravon yo’llarda harakat qilish, ayniqsa, piyoda yurishning o’ziga yarasha gashti bor. Aytish mumkinki, bugun Sux tumanida davlatimiz hukumati va bevosita Prezidentimiznining e'tibori doirasida asrga tatigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikadan tashrif buyurgan ishchi guruh vakillari tomonidan aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha o’rganilmoqda. Bundan ko’zalangan asosiy maqsad tumanni iqtisodiy-ijtimoyi rivojlanishiga hissa qo’shish. Yaqin kelajakda Sux alohida hukumat va Davlat Dasturi asosida obod bo’lajak.
Nurli kelajakka bugun tumanimizda ilk qadam qo’yildi. Bosh vazir A. N. Aripov topshirig'iga asosan, mahallalarimizdagi ichki yo’llarga betonli qoplama yotqiziladi. Quvonarlisi, bu ishlar Suxlik yoshlar tomonidan amalga oshirildai.
"Bugun Haydarobod mahallasidagi "Baliqchi" ko’chasining 290 metriga Respublikadan tashrif buyurgan yo’lsozlar tomonidan betonli qoplama yotqizildi. Prezidentimizga rahmat!", - deydi Sarikanda MFY raisi Bahodir Safoyev. "Obodonchilik ishlarimiz bardavom bo’lsin! Yurtboshimizga rahmat!", - deya duoga qo’l ochishdi Sarikandalik nuroniy otaxonlar. Yangi betonli qoplamali ko’chaning ochilishiga bag'ishlangan tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati