Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qiymati 91,7 milliard so’m bo’lgan loyihaning amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi

×

 2020-06-16 19:30:34    247

PDF yuklash
Chop etish


Qiymati 91,7 milliard so’m bo’lgan loyihaning amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi

         Asosan qishloq xo’jaligi va bog'dorchilikka ixtisoslashgan Sux tumanida sohani rivojlantirish, ayniqsa, aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan ko’pgina imkoniyatlar bor. Bu qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan, bo’sh turgan yerlarga suv chiqarib, sug'orish tizimini yo’lga qo’yib, yerlardan samarali foydalanishdan iborat. Tumandagi O’zbekiston va Qirig'iziston chegarasida joylashgan Qayroq massivi mana shunday imkoniyatga ega bo’lgan hudud hisoblanadi.


         Qayroq massivi Sux tumanining janubiy qismida, sobiq Sux shirkat xo'jaligi xududida joylashgan bo'lib, asosan Oloy tog' tizmasi etagida, tog' platasi va past balandliklardan iborat. Sux tumani qo'shni Qirg'iziston Respublikasi xududi orqali o'tib boriladigan “anklav” xududda joylashgan. Tumanda 85 000ga yaqin aholi bo'lib, aholi soni yildan-yilga o'sib, yangi ishchi o'rinlar yaratish va oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishga bo'lgan talab ortib bormoqda. Natijada tumandagi o'zlashtirishi mumkin bo'lgan xududlarga suv chiqarib, yangi yerlarni ochishni taqozo etadi.

         Qayroq massivida qishloq xo'jaligida foydalanishi mumkin bo'lgan 1 448 ga  yerlar mavjud bo'lib, bu yerlar faqat yomg'ir suvi bilan sug'oriladi. Yil qurg'oqchil, yomg'ir kam yog'gan vaqtida hech qanday hosil olib bo'lmaydi.

        Qayroq massivi janubiy, janubiy g'arb va janubiy sharq tomonidan qo'shni Qirg'iziston Respublikasi tog'lari bilan chegaradosh bo'lib, suv olishning xech qanday imkoniyati yo'q. Shu sababli 1985 yilda loyihalangan va qurilishi to'xtatilib kuyilgan “Qayroq” nasos stantsiyasi  Qayroq massiviga suv olishning birgina yo'li hisoblangan. So'x daryosini qo'shni Qirg'iziston Respublikasi Toyon qishlog'idan O'zbekiston Respublikasiga oqib o'tayotgan qismidan suv olib uni  400 metr balandlikka, Qayroq massivining yuqori nuqtasiga  nasos stantsiyalar qurish orqali bajarilishi ko'zda tutilgan.

         Respublikai hukumati, bevosita Prezidentimiz tomonidan Sux tumaniga berilayotgan e'tibori bois maxsus davlat Dasturi orqali Qayroq massiviga obi hayot yetkazib borish imkoniyati paydo bo’ldi. Kecha “Qayroq” nasos stantsiyasining qurilishiga start berildi. Qurilish-montaj ishlari Sux tumani “Suxgidroqurilish” MChJ tomonidan amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 91,7 milliard so’mni tashkil etadi. Agar bu loyiha amalga oshsa, Qayroq massividagi yerlarni o’zlashtirish imkoni paydo bo’ladi.  

         O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi, Farg'ona viloyati nasos stantsiyalari boshqarmasi, Sirdaryo-Sux irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi vakillari, tuman hokimi va nuroniy otaxonlar ishtirokida “Qayroq” nasos staniyatsini qurish uchun ezgu niyatlar bilan tamal toshi qo’yildi.

         Ma'lumot o’rinda: quriladigan nasos stantsiyasi  maydoni  davlat chegarasidan 1 600 metr uzoqlikda,  ya'ni “Qizilqiyoq” nasos stantsiyasining So'x  daryosidan suv olish nuqtasida joylashgan. Daryodan suv olish daryoga to'g'on qurish orqali amalga oshiriladi. “Qayroq” nasos stantsiyasi  2 ko'tarmali bo'lib, har birining ko'tarish balandligi 200 metr bo’lib, bir soniyada 1,25 m3 suv olish imkoniyatiga ega.

         Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, kuni kecha tumanning Malbud massivida joylashgan bo’sh turgan yerlarni o’zlashtirish maqsadida qiymati  40 000 000 so’m bo’lgan tik quduq qazish ishlari boshlab yuborildi. Agar bu massivdagi harakat o’z samarasini bersa, qo’shimcha 60 gektar yangi yerlarni o’zlashtirish imkoni paydo bo’ladi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati