Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 188 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kitobxonlik tanlovi g'oliblariga viloyat hokimi sovg'alari topshirildi

×

 2020-06-15 19:59:59    122

PDF yuklash
Chop etish


Kitobxonlik tanlovi g'oliblariga viloyat hokimi sovg'alari  topshirildi

         Viloyat miqyosida “Ona tili – millat g'ururi” mavzo’sida onlayn tarzda insholar tanlovi, “Kitobxonlik oyligi”ni o’tkazish to’g'risida Farg'ona viloyat hokimining 2020 yil 08 apreldagi 119 F-sonli farmoyishi qabul qilingan. Shu asosda tuman hokimining  13 apreldagi 61 F-sonli farmoyishi tasdiqlanib, mazkur farmoyish doirasida Sux tumani umumiy o'rta ta'lim maktab 9, 10-11 sinf o’quvchilari o'rtasida "Kitobxon o'quvchi" va "Mumtoz g'azallar bilimdoni", hamda ularning ota-onalari uchun "Kitobxon ota" va "Kitobxon ona" ko'rik-tanlovlari tuman XTB, Yoshlar ittifoqi, tuman AKM hamkorligida tashkil etildi va yuqori saviyada o'tkazildi.

         O'tkazilgan tanlovda tumandagi umumta'lim o'rta maktab o'quvchilarining 5 nafari viloyat bosqichida faol qatnashib, 1, 3 o'rinlarni egalladilar. 11 nafar g'olib bo’lgan va faol ishtirokchilarga tuman hokimining "Faxriy yorliq"lari va estalik sovg'alari topshirilib, ishtirokchilarning 5 nafar ustozlariga kitob jamlanmasi taqdim etildi.


         Kecha barcha g'olib o’quvchilarimizga Farg'ona viloyat hokimi Sh. M. G'aniyev tomonidan yuborilgan sovg'alar tuman hokimi, xalq ta'limi bo’limi vakillari va sektorlar a'zolari ishtirokida tantanali tarzda topshirildi. Tanlovlarda faol ishtirok etgan o’quvchilarimizga kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

         Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini qonuni talablariga rioya etishni ta'minlash masalalari bo’yicha Sux tumani hokimining maslahatchisi A. To’raboyevning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, viloyat hokimining esdalik sovg'alari Samandar Erkinjonov, Manija A'zamjonova, Xisravjon Shamsiddinov, Ruxshanbek Asroriddinov, Shohdil Jo’raboyevlarga topshirildi.

         Tanlovlarda faol ishtirok etgan, shuningdek, g'oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimizni tabriklaymiz. Kelgusida faol o’quvchilarimiz yangi marralarni zabt etishlariga ishonamiz.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati