Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'X TUMANI HOKIMI: Muammolar bir kunda emas, bosqichma-bosqich hal etiladi

×

 2020-06-12 16:31:07    112

PDF yuklash
Chop etish


SO'X TUMANI HOKIMI: Muammolar bir kunda emas, bosqichma-bosqich hal etiladi

         Sayidbahrom Sayidmusayev So'x tumani hokimi vazifasida ish boshlaganiga bir haftadan oshdi. Unga bu yerning aholisi yaxshi tanish. Chunki mazkur tumanda bir yildan buyon ichki ishlar bo'limi boshlig'i bo'lib ishlagan. O'zA muxbirlari tumanning yangi hokimi bilan suhbatda bo'ldi.

         — Chashma bulog'ida ro'y bergan majarodan so'ng Bosh vazirimiz boshchiligidagi hukumat komissiyasi zudlik bilan tumanga kelib, vaziyatni barqarorlashtirishga erishdi. Barcha vazirliklar tumanimizdagi har bir mahallada piyoda yurib, yillar davomida to'planib qolgan muammolarni o'rgandi. Aholining dardini eshitdi. Og'riqli nuqtalarni aniqlab, ularning takliflari asosida dastur ishlab chiqildi.

         Bu yerda aholi bog'dorchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanadi. Aholining 31 foizi xorijiy mamlakatlarda migrant bo'lib ishlaydi. Koronavirus pandemiyasi tufayli tumanda 14 mingga yaqin aholi ishsiz qolgan. Bugun birinchi navbatda, ularni ish bilan ta'minlash, daromad topishiga ko'maklashish bo'yicha ish olib borilmoqda. 500 nafardan ortiq so'xliklar “Tashkent city” qurilish ob'ektlarida ish bilan ta'minlanmoqda. Ularning barcha xarajatlarini davlatimiz o'z zimmasiga olyapti. Tumanimizda boshlangan bunyodkorlik ishlarida esa elektr sohasida 200, qurilishda 300 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

         Tuman aholisini uzluksiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash doimiy e'tibordagi masala. Viloyat markazidan olib kelinadigan asosiy mahsulotlar qo'shni davlatning 80 kilometr chegarasini bosib o'tadi. Bugun bu yerda qurilish materiallariga talab katta. Buni viloyat hokimligi hal etib, ko'mak karvoni jo'natdi.

         Fuqarolarimiz o'z ko'zi bilan amalda bo'layotgan ishlarni ko'rmoqda, asosiysi, Prezidentimizning e'tiborini his etmoqda. Respublika va viloyatdan kelgan ishchi guruhlar har kuni aholi bilan muloqotda bo'layotgani yaxshi samara berayotir. O'zim ish boshlagan kunimdan boshlab har bir fuqaro bilan gaplashyapman. Sektor rahbarlari bilan birgalikda faqat ularni eshitibgina qolmay, muammosini hal etish choralarini ko'ryapmiz.

         Muammolarning asosiysi joyida bartaraf qilinmoqda, qolganlari ham bosqichma bosqich hal bo'ladi. Tumandagi katta bir muammolardan biri – ichimlik suvi va yerlarni sug'orish bilan bog'liq. Bu masala ham ijobiy yechimini topib, 90 foiz aholi ichimlik suvi bilan ta'minlanadi. Elektr energiya ta'minotini yaxshilash ishlari boshlab yuborildi.

         Hozirda Chashma bulog'i atrofida vaziyat barqaror. U yerda ham ishchi guruhlar faoliyat olib boryapti. Kunlik o'rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar bartaraf etilayotir. Har bir xodim bir kunda bitta muammoning yechimini topyapti, odamlarni rozi qilyapti.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati