Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumanidagi yo’llarning asosiy qismiga betonli qoplama yotqiziladi

×

 2020-06-12 15:38:42    179

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumanidagi yo’llarning asosiy qismiga betonli qoplama yotqiziladi

         Aytish mumkinki, bugun Sux tumani Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli taraqiyot va rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ymoqda. Buni tumanimizga kirib kelayotgan mashinalar karvonidan ham ko’rishimiz mumkin. Bugun ertalab tumanimizga O’zbekiston-Qirg'iziston chegara nazorat-o’tkazish puntki orqali navbatdagi treylerlar karvoni kirib keldi. Yuk mashinalariga yo’lsozlikda ishlatiladigan mashina va mexanizmalar ortilgan.

         - “Bevosita O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tomonidan tumanimizga 50 ga yaqin mashina va mexanizmlar yuborildi. 2020 yil 3 iyun kuni tumanimizda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. N. Aripov boshchiligida bo’lib o’tgan faollar yig'ilishida tumanimiz yo’llarining ayanchli ahvoli haqida so’z borgan va  mana bugun hammamiz berilayotgan e'tibor samarasini ko’ryapmiz”, - deydi Sux tuman avtomobil yo’llari bo’limi bosh muhandisi Nurullo Jalolov.

         Ma'lumot o’rnida: tumanda 26 kilometr 4R-149 Rishton-Sux yo’nalishidagi davlat ahamiyatidagi yo’llar, 62 kilometr uzunlikdagi mahalliy avtomobil yo’llari, 88 kilometr umumiy foydalanuvdagi yo’llar mavjud. Tuman ichki yo’llarining umumiy masofasi 385 kilometrni tashkil etadi.

         Tumanga yuborilgan mashina-mexanizmlardan tashqari, 83 nafar mutaxassislar ham safarbar etildi. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida 50 nafar Suxlik yoshlar ham tuman avtomobil yo’llari bo’limiga ishga qabul qilindi.

         O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari davlat Qumitasi mutasaddiylarining ma'lumotiga ko’ra,  tumanda jami bo’lib, 182  kilometr masofadagi yo’llarda qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu yili 45 kilometr masofadagi yo’llar ta'mirlanadi. Barcha loyiha-smetalar tumanning o’zida amalga oshiriladi. Yo’llarning harakat qismiga asosan betonli qoplama yotqiziladi. Shag'alli yo’llarga beton qoplamasi yotqizilib, tuproqli yo’llarning shag'allashtrilishi rejaga kiritilgan.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati