230 nafar Suxlik yoshlar Tashkent Sity tomon yo’l olishdi
2020-06-08 16:37:41 184
230 nafar Suxlik yoshlar Tashkent Sity tomon yo’l olishdi
Ishsizlikka barham berish, aholini ayniqsa, yoshlarni doimiy yoki vaqtinchalik ish joyi bilan ta'minlash kunning asosiy va dolzarb masalasi sanaladi. Qayd etish lozimki, koronavirus pandemiyasi tufayli xorijga chiqish imkoniyati yo’qligi bois, minglab Suxlik yoshlar tumanda qolishdi. Chunki ular har yili ishlash uchun asosan Rossiya federatsiyasining turli shaharlarga borib kelishardi. Ishsizlik muammosi Bosh Vazir A. N. Aripov raisligida tumanda bo’lib o’tgan faolllar yig'ilishida ham alohida qayd etildi. Tumandagi mavjud muammolarni o’rganish maqsadida davlat rahbarining topshirig'i bilan tumanga kelgan ishchi guruh a'zolari tomonidan ishsizlar soni aniqlanib, ularni doimiy ish joyi bilan ta'minlash choralari ko’rilmoqda.
Faollar yig'ilishida Bosh vazir tomonidan 500 nafar Suxlik yoshlarni Vatanimiz poytaxti – Toshkent shahridagi qurilishlarga safarbar etish ta'kilangandi. Bugun tuman markazidan ro’yixatga olingan 230 nafar yoshlarimizning birinchi guruhi avtobuslar orqali Farg'ona shahriga jo’nab ketishdi. Yoshlarimiz Farg'onadan Toshkent shahriga – Tashkent Sity tomon yo’l olishadi.
Eng asosiysi, birgina Sux tumanini har tomonlama rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan berilayotgan e'tibor bugun anklav hududda yashayotgan vatandoshlarimizni quvontirib, ularni katta maqsadlar sari chorlamoqda. Bugun so’xliklarning qay biri bilan gaplashmasangiz, o’z so’zini Prezidentimizning olis Suxga berilayotgan e'tiboridan boshlaydi. Zero, bugun davlat rahbarining har bir ezgu tashabbusi olis Suxga ham obihayot tomchilaridek kirib kelmoqda.
Eng muhimi, Suxliklar xorijga borgan paytlarida ham asosan qurilish ishlari bilan shug'ullangan. Shu sabab, ular mazkur sohaning mohir ustasi desak mubolag'a bo’lmaydi. Poytaxtimizdagi qurilish ishlariga jalb etilgan Suxlik vatandoshlarimiz uchun tashkilotchilar tomonidan zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilib, ularning maoshlari vaqtida to’lanishi ham nazoratga olingan.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati