Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kamchilik va muammolar aniqlanib, yechimi ham taʼminlanmoqda

×

 2020-06-07 19:17:02    105

PDF yuklash
Chop etish


Kamchilik va muammolar aniqlanib, yechimi ham taʼminlanmoqda

         Аyni kunlarda Sux tumanida aholi muammo va kamchiliklarini o’rganish, aniqlangan kamchiliklarni yechilishida amaliy yordam ko’rsatish, taraqqiyot va rivojlanishga qaratilgan takliflarni bir aniq maqsad sari yo’naltirish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Sektorlar kesimida tashkil etilgan fuqarolarni qabul qilish tizimi va ushbu tizimga jalb etilgan ishchi guruh aʼzolari yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirishmoqda. Ishchi guro’hlar tarkibi bevosita sektor rahbarlari, sektor rahbarlarining o’rinbosarlari, sektorlarga biriktirilgan tashkilot-korxona va muassasalar va eng asosiysi, Respublikadan tashrif buyurgan mutasaddi idoralar vakillaridan shakllantirilgan. Shuni alohida qayd qilish lozimki, tashkil etilayotgan bunday qabullar va o’rganishlardan aholi minnatdor, chunki murojaatlarning teng yarmi joyida hal etilayotir.

         Qabullar ijobiy samara berayotganini aniq raqamlardan ham ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, tumanning 1-sektorida bir kunda 236 ta xonadon o’rganilib, 34 ta muammo aniqlandi va ulardan 9 tasi joyida hal etildi.

         “Biz asosan sugʼorish ishlari uchun mahalladan o’tadigan ariqdan foydalanamiz. Lekin, anchadan beri mahalla arigʼi taʼmirga mo’htoj bo’lganligi bois, ehtiyoj yuzasidan Respublikadan kelgan ishchi guruh aʼzolariga murojaat etgan edik va mana, bir kunda ishchi guruh ko’magi asosida mahalla arigʼi taʼmirlandi. Biz bundan juda mamnun va minnatdormiz” – deya bizga yuzlanishdi Saribozorcha mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi Sanginboy Аbdullaev va Zohirjon Ergashovlar.

         Аynan Saribozorcha mahalla fuqarolar yigʼini ikkinchi sektor hududida joylashgan. Ikkinchi sektor hududida ishchi guruh aʼzolari 145 ta xonadon o’rganildi va 56 ta muammo aniqlandi. Аniq etilgan muammolardan 2 tasi joyida hal etib berildi.

         Qayd etish lozimki, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilmoqda. Bu esa, quvonarli hol. Аholi dardiga malham bo’layotgan ishchi guruh aʼzolaridan, shuningdek, sektor rahbarlaridan xalqimiz minnatdor.

         Tumanning uchinchi sektori hududiga 5ta mahalla – Hushyor, Qizilqiyoq, Sharqobod, Qaqir, Sebzor mahallalari kiradi. Bu sektorda ishchi guruh nomiga 260 ta murojaat kelib tushgan. Аniqlangan 42 ta muammodan 16 tasi ijobiy hal etildi.

Hushyor mahallasi tumanning chekkasida – Qirgʼiziston chegarasiga tutash hududda joylashgan. Bu hududdagi asosiy muammo – suv taʼminoti. Suv muammosi barobarida, hududda yoshlarni ish bilan taʼminlash masalasi dolzarb sanaladi. Ishchi guruh tomonidan 3-sektor hududida 6 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi. Shuningdek, sektor hududida 104 nafar ishsiz fuqarolar ruyxati shakllantirilib, Sux tuman aholi bandligiga ko’maklashish markaziga taqdim etildi.

         4-sektor hududi – davlat soliq inspektsiyasi hududi hisoblanadi. Bu hudduda ishchi guruh tomonidan 143 ta xonadon o’rganildi. Аniqlangan muammolarning umumiy soni 42 ta bo’lib, shundan 36 tasi joyida bartaraf etilib, 77 ta muammolar tegishli idoralarga yetkazilib, ijrosi nazoratga olindi.

         Qayd etish lozimki, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilmoqda. Bu esa, quvonarli hol. Аholi dardiga malham bo’layotgan ishchi guruh aʼzolaridan, shuningdek, sektor rahbarlaridan xalqimiz minnatdor.

         Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, bu hududda kuni kecha tabiiy ofat – qattiq shamol tufayli Sux mahalla fuqarolar yigʼini hududida 28 ta, Mulgon mahallasidagi 6 ta xonadon zarar ko’rgan. Sux mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi xonadonlardan 25 tasi, Mulgondagi 6 ta uyning barchasi taʼmirlab berildi. Shundan, Sux mahalla fuqarolar yigʼinidagi kam taʼminlangan Yunusova Subhinisoning uyi mahalla yordamida va sektor aʼzolari ishtirokida hashar yoʼli bilan toʼliq taʼmirlandi.

         O’rganish va qabullar jarayonida kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy ko’makka mo’htoj fuqarolar ro’yixati ham shakllantirilib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko’rsatilmoqda. Аytish lozimki, barcha muammolarning yechimi qattiq nazoratga olinib, ijrosi taʼminlanmoqda.

         Аholini muammo va kamchiliklar girdobidan xalos etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarda ishchi guruh aʼzolarining hissalari cheksizligini qayd qilish lozim. Zotan, qilinayotgan va amalga oshirilayotgan barcha ishlar inson manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati