E’LON! Soʼx tumani aholisi diqqatiga!
2020-06-05 20:00:01 198
E’LON!
Soʼx tumani aholisi diqqatiga!
Bugun “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalq uchun xizmat qilishi kerak” degan hayotiy tamoyil hayotimizga tobora chuqurroq singib bormoqda. Аsosiy masala – xalqimiz ichiga kirib borib, ularga munosib turmush sharoitini yaratib berishdan iborat.
Shu munosabat bilan, aholi orasidagi ijtimoiy muammolarni oʼrganish va ularni ijobiy hal etishga koʼmaklashish boʼyicha sektorlar kesimida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan fuqarolarning qabuli oʼtkazilmoqda.
Hurmatli Soʼx tumani aholisi, Sizlar hal etilmayotgan ijtimoiy muammolaringiz boʼyicha, shuningdek, tumanimizni iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirish yuzasidan takliflaringiz bӯlsa, oʼzingiz yashayotgan hududdagi “Sektor ShTАB”larida tashkil etilgan fuqarolar qabulxonalariga murojaat etishingiz mumkin.
“Sektor ShTАB”larining manzillari:
1-SEKTOR (sektor boshligʼi: tuman hokimi S.Sayidmusaev, uning yoʼqligida oʼrinbosarlari va Respublikadan tashrif buyurgan mutasaddi idoralarning masʼul vakillari) – Tul MFYdagi 27-son umumiy oʼrta taʼlim maktabida joylashgan sektor binosi;
2-SEKTOR – (sektor boshligʼi: tuman prokurori F.Аbduvaliev, uning yoʼqligida oʼrinbosarlari va Respublikadan tashrif buyurgan mutasaddi idoralarning masʼul vakillari) Oftobru MFYdagi Soʼx tuman ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik kollejida joylashgan sektor binosi;
3-SEKTOR – (sektor boshligʼi: tuman IIB boshligʼi Q.Raximberdiev, uning yoʼqligida oʼrinbosarlari va Respublikadan tashrif buyurgan mutasaddi idoralarning masʼul vakillari) Qaqir MFYdagi 11-son ichki ishlar bӯlinmasi binosi;
4-SEKTOR – (sektor boshligʼi: tuman DSI boshligʼi F.Turaboev, uning yoʼqligida oʼrinbosarlari va Respublikadan tashrif buyurgan mutasaddi idoralarning masʼul vakillari) Guliston MFYdagi Soʼx tuman qishloq xӯjalik kasb-hunar kollejida joylashgan sektor binosi.
Soʼx tumani hokimligi Аxborot xizmati