Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatlari Soʼx tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi

×

 2020-06-03 20:14:44    129

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Soʼx tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi

Bugun, 3 iyunь kuni Xalq deputatlari Soʼx tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Soʼx tumani hokimining oʼrinbosarlari, tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, Fargʼona viloyati hokimining o’rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi masʼullari, Bosh vazir oʼrinbosarlari, respublika vazirlik va idora rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

         Shuningdek, sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbldulla Аripov ham ishtirok etdi.

         Sessiyada tashkiliy masala koʼrildi.

         Sessiya ishtirokchilari kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripovning maʼruzasini tingladilar.

“Аvvalambor Siz hurmatli Soʼx tumani faollariga, Sizlarning timsoliningizda butun Soʼx ahliga muhtaram Prezidentimiz, hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoevning chuqur hurmat va ehtiromlarini yetkazaman. Аlbatta, bir necha kun oldin chegara hududidagi boʼlgan noxush holat koʼp narsalarni qaytadan koʼrib, qaytadan qarashga hammamizni majbur qildi. Bevosita Prezidentimizning topshiriqlari bilan men boshchiligimda vaziyatni oʼrganish uchun mutasaddi idoralar rahbarlari yetib kelishdi. Birinchi navbatda viloyat rahbari Shuhrat Gʼaniev va boshqa rahbarlar yetib kelib vaziyatni chuqurlashishiga yoʼl qoʼymagan. Tinchlikni qadriga yetish bu juda katta baxt. Muhtaram Prezidentimizning chegaradosh hududlar bilan olib borayotgan yaxshi qoʼshnichilik siyosatlarini butun jahon eʼtirof etib turibdi”-dedi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri soʼzining boshida. - Bizning oldimizda eng katta masʼuliyat turibdi – bu Soʼx tumanidagi muammolarni hal etish va bevosita Prezidentimizning eʼtiborlari asosida tumanni obod qilish. Buning uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar va sharoitlar yaratib beriladi. Soʼx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha davlat rahbarining qarorlari ham chiqqan va shu asosda tumanda tizimli ishlar olib borilishi lozim. Bu ishlarda saylanadagian yangi tuman hokimidan katta masʼuliyat talab etiladi.

         Shundan soʼng, 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar boʼlimi boshligʼi vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusaev Soʼx tumani hokimi etib tayinlandi.



Sessiya davomida hokimning oʼrinbosarlari ham tayinlandi.

Sessiya kun tartibiga qoʼyilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari Soʼx tuman Kengashining deputatlari, hokim oʼrinbosarlari, masalalarga daxldor boʼlgan mutasaddi idoralar rahbarlari oʼz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


                   Soʼx tumani hokimligi Аxborot xizmati