Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Аholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash amallari kengaymoqda

×

 2020-05-30 15:39:51    154

PDF yuklash
Chop etish


Аholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash amallari kengaymoqda

         O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumashtish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’gʼrisida”gi PF-5969 son va 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF–5978-son farmonlariga muvofiq, aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash boʼyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, bu yo’nalishda Sux tumanida ham keng qamrovli ishlar qilinayotir.

         Belgilangan tartiblarga ko’ra, Sux tumani mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi mutasaddiylariga tumandagi kam taʼminlangan oilalar ro’yixati shakllantirish, ushbu xonadonlarda chorva hayvonlari boqish ishlarini tashkil etish, shuningdek, chorva hayvonlarini boqishga yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni muntazam o’rganib borish vazifasi topshirilgan. Bugungi kunda Sux tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi mutasaddiylarining maʼlumotiga ko’ra, tuman miqyosida 1010 ta kam taʼminlangan oilalar mavjud bo’lib, bu oilalarga muntazam moddiy va maʼnaviy yordam va ijtimoiy ko’maklar ko’rsatib kelinmoqda. Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, bu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari qatorida bir martalik pul mablagʼlari, subsidiya asosida issiqxonalar va boshqa turdagi hayot uchun zarur bo’lgan mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Kuni kecha tuman miqyosida, yaʼni sektorlar kesimidagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga chorva hayvonlari, yaʼni qo’ylar taqdim etildi. Sux tuman moliya bo’limi mudiri Gʼanijon Melnikovning maʼlumotiga ko’ra, chorva mollarini xarid qilish uchun mablagʼlar tuman mahalliy byudjetining 2020 yil zaxira jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan ajratildi.

         Sektorlar kesimidagi 16 ta ehtiyojmand xonadonga ikki boshdan chorva mollari – qo’ylar taqdim etildi. 32 bosh chorva mollarini xarid qilish uchun 32 million so’m mablagʼ sarflandi.

         Аlbatta, berilayotgan bunday eʼtibor va ragʼbat kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Bunday xayri amallar aholi bandligini taʼminlashga yo’naltirilgani bilan ham ahamiyatlidir.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati