Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha maxsus o’quv-mashqlari o’tkazildi

×

 2020-05-28 15:41:49    211

PDF yuklash
Chop etish



Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha maxsus o’quv-mashqlari o’tkazildi

         Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasida chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-585-sonli qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi raisi tasdiqlangan 2020 yil 23 mart kunidagi № 01-25/1-1626-sonli Hukumat komissiyasi majlisinining 1-sonli bayoni, Fargʼona viloyati hokimi–Toshqinga qarshi viloyat komissiyasi raisi tasdiqlangan 2020 yil 25 mart kunidagi 71/01-49-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, 2020 yilning bahor-yoz mavsumida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan sel va suv toshqinlari bilan bogʼliq tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish, sel va suv toshqinlarini barqaror va xavfsiz oʼtkazib yuborishini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʼlmaydigan tadbirlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish maqsadida, tuman hokimi Fuqaro muhofazasi boshligʼining 2020 yil 27 aprelь kunidagi “Tumandagi sel yoʼllarini tozalash hamda qirgʼoqlarini mustahkamlash boʼyicha maxsus-taktik oʼquv mashqlarini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 4-sonli buyrugʼiga asosan 2020 yil 27 may kuni “Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi “Sarikanda” selxonasi”ni tozalashda tuman irrigatsiya boʼlimi hamda Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼini fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʼquv mashqi oʼtkazildi.

         Oʼquv mashqda tuman hokimining oʼrinbosari tomonidan tegishli topshiriq va koʼrsatmalar berildi. Maxsus-taktik oʼquv mashqi davomida tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼinidagi 125 ta xonadonlarni 28112 m2 dezinfektsiya ishlari olib borildi. Tuman avtoyul xizmati tomonidan Timsol va Hazrati Аli koʼchalarini 150 metr joyi 99 m3 shagʼal yotqizilib obodonlashtirish ishlari olib borildi. Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼini aholisi tomonidan 380 metr ichki ariqlar tozalandi.

         Maxsus taktik oʼquv mashq davomida Hazrati Аli mahalla fuqarolar yigʼinidagi “Sarikanda” selxonasi 170 p/m joyi 1550 m3 shagʼaldan tozalandi hamda selxonaning sel tusish dambasi kutarilib mustahkamlandi. Ushbu ishlarni bajarishda 108 nafar tuman FM xizmatlari va mahalla aholisi qatnashib, 11 ta turli rusmdagi texnikalar jalb etildi.

 

                   J. Jalolov - boʼlim boshligʼi,

                                       podpolkovnik