Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ehtiyojmand oilalar qo’llab-quvvatlanmoqda

×

 2020-05-28 13:57:47    183

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand oilalar qo’llab-quvvatlanmoqda

         Аholining ijtimoiy ko’makka mo’htoj qatlamini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga moddiy va maʼnaviy yordam berish, holidan xabar olib, kamchilik va muammolarini bartaraf etish kabi omillar bugun har bir rahbarning asosiy vazifasi bo’lishi lozim. Chunki O’zbekistonda fuqarolarning manfaati barcha narsadan ustun. Аhamiyatlisi, qilinayotgan barcha gʼamxo’rliklar fuqarolarning manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotir.

         " - Mahallamizda "Saxovat va ko’mak" umumxalq harakati doirasida ko’p arzirli ishlar amalga oshirildi. Saxovatpesha tadbirkorlarimizning qilingan barcha xayr-ehsonlari mahallamizdagi ehtiyojmand oilalarga tarqatib berildi," - deydi Sarikanda mahalla fuqarolar yigʼini raisi Bahodir Safoev. Mahalla raisining so’zlariga ko’ra, bugun mahallada yana bir xayrli ish amalga oshirilmoqda. Qo’li ochiq saxovatpesha insonlar ko’magi asosida mahallada yashovchi fuqaro Samejon Mamanabievning uyi taʼmirlanmoqda. Bunday tashabbusdan oila aʼzolari juda minnatdor. Taʼmirlash ishlari haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolar tomonidan qilinayotganligi ham mahallada mehr-oqibat kabi insoniy fazilat barqarorligidan dalolatdir.

         Qolaversa, mahallada tomorqadan samarali foydalanish targʼiboti ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Аynan taʼmirlash ishlari olib borilayotgan xonadon vakillari bu masʼalaga alohida eʼtibor qaratishgan. Uy bekasini har doim tomorqa ichidan topasiz.

         Xulosa, o’rnida shuni aytish mumkinki, bugun Sux tumanida har bir fuqaro bir yumush bilan band, chunki “harakatdan baraka hosil bo’lishini” tuman ahli yaxshi bilishadi. Tumanda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasidagi xayrli amallar jadallik bilan davom etayotir.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati