Tomorqa - daromad manbai
2020-05-27 18:03:58 197
Tomorqa - daromad manbai
Tomorqachilikni rivojlantirish va undan samarali foydalanishda ko’pni ko’rgan, hayotiy tajribaga ega bo’lgan insonlarning ko’rsatma va maslahatlari bugungi yoshlarga albatta, qo’l keladi. Zotan, tomorqa daromad manbaidir va har bir fuqaro shu hayotiy haqiqatni teran anglagan holda, undan samarali foydalanish yo’l va usullarini o’rganishi lozim. Sarikanda mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro Muhabbat-ota Аzimov butun umrini qishloq xo’jaligi sohasiga bagʼishlagan mirishkorlardan. "Men hayotimning butun qismini shu sohaga bagʼishladim. Eski kolxoz va sovxozlarda ishlaganman. Sux tumani kartoshkachilikda sobiq Ittifoq davrida dovrugʼi chiqqan hududlardan biri edi. Endi biz yoshlarimizga Sux kartoshkachilik maktabini tiklashga va uni rivojlanishiga ko’mak berishimiz lozim" - deydi biz bilan so’hbatda otaxon. Muhabbat-ota Аzimovning erta ekilgan kartoshkasi allaqachon hosil berishni boshladi. Yoshlarni mehnatga jalb etish va ularni tomorqadan samarali foydalanishga yo’naltirishimiz lozim.
Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati