Mahalla obodligiga yoshlarning hissasi
2020-05-25 10:35:39 244
Mahalla obodligiga yoshlarning hissasi
Mahalla obodligi – buyuk Vatan obodligidir. Mahallalarimiz, yashayotgan manzillarimiz, uyimiz, xonadonlarimiz obod bo’lsa, ko’ngillarimizda ham xotirjamlik maskan topadi. “Bizning mahallamizda saxovatpesha homiylar tomonidan Ramazon Hayitii arafasida katta ish amalga oshirildi. Mahalla qabristoniga tutash bino va inshootlar qo’li gul yosh ustalar tomonidan taʼmirlandi va bu binolar endilikda mahalla ko’rkiga o’zgacha chiroy bagʼishlamoqda. Mahallada yashovchi 1980 yilda tugʼilgan yoshlar homiyligida ushbu binolar qayta taʼmirlandi. Ularga mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi aholi nomidan minnatdorchilik bildiramiz” – deydi Sarikanda mahalla fuqarolar yigʼini raisi Bahodir Safoev.
Darhaqiqat, mamlakatimizda nomoddiy-maʼnaviy inshootlarni asrash va ularni obodonchiligiga alohida eʼtibor qaratish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Qabristonlarni obod etish, ajdodlarimiz makon topgan go’shalarni hamisha toza va pokiza tutish o’tganlarga nisbatan ko’rsatilgan izzat va hurmat belgisi, shuningdek, boy va umrboqiy qadriyatlarni asrash demakdir. Mahallalarimizdagi obodlik va ozodalikka hissa qo’shayotgan barcha insonlarga omad yor bo’lsin.
Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati