Korruptsiyaga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz
2020-05-18 16:33:56 161
Korruptsiyaga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz
Korruptsiya –– bu jamiyatni turli yoʼllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʼsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Taʼkidlab oʼtish oʼrinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambagʼal boʼlishidan qatʼiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish boʼyicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan boʼlsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korruptsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.
Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan oʼzlarining shaxsiy manfaatlarini koʼzlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Koʼp hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korruptsiya koʼplab davlatlarning jinoyat va maʼmuriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida taʼqib qilinadi.
Korruptsiyaning tarixiy oʼzaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada maʼlum mavqega ega boʼlish uchun qabila sardorlariga sovgʼalar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Oʼsha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korruptsiyaning davlat rivojlanishiga katta toʼsiq ekanligini koʼrsatdi. Korruptsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʼrligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan maʼlum. Chunki bu holat davlatning obroʼsiga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʼrligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovgʼalarni qabul qilma, chunki sovgʼa koʼrni koʼradigan qiladi va haqiqatni oʼzgartiradi” deyilgan boʼlsa, Quʼroni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yoʼl bilan olmangiz va boshqalarga tegishli boʼlgan narsalarni olish uchun oʼz mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan АQSh Konstitutsiyasida pora olish АQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin boʼlgan ikki jinoyatning biri sifatida koʼrsatib oʼtilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi oʼrnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korruptsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Jahon mamlakatlarida korruptsiyaga qarshi kurashning koʼp usullari mavjud.
Ichki nazorat
Tashqi nazorat
Saylov tizimi orqali kurashish…
Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korruptsiya darajasi eng yuqori boʼlgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi oʼtkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korruptsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu yerda byurokratik jarayonlar yengillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudьyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). Shu bilan birga korruptsiya jinoyatlari uchun sanktsiyalar ogʼirlashtirilib, fuqarolarga korruptsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanktsiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” oʼtkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. Yuqorida sanab oʼtilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korruptsiya darajasi eng past mamlakatlar roʼyxatida ilgʼor davlatlar qatoriga olib chiqdi. Shuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korruptsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri boʼlib xizmat qiladi.
Yurtboshimizning yuqorida eslangan asarida “jinoyatchilik, korruptsiya bizning oʼz xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qaygʼurmogʼi lozim, deb hisoblaymiz. Suveren Oʼzbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini taʼminlash ishiga qoʼshilgan hissa, deb biladi” deb fikr bildirgan edi.
Korruptsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini oʼrganish shuni koʼrsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni ogʼirlashtirish yoʼli bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib boʼlmaydi (XXR da juda koʼp miqdorda pora olganlik uchun oʼlim jazosi mavjud). Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim boʼladi.
B. Enazarov - Sux tuman aliya boʼlimi
bosh maslaxatchisi