Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumani ham “yashil hudud” toifasiga kiritildi

×

 2020-05-12 17:12:02    204

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumani ham “yashil hudud” toifasiga kiritildi

         Joriy yilning 7 may kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bogʼliq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga oʼzgarib borishi bilan, hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash taʼkidlandi.

         Fargʼona shahri va Sux tumani yashil hudud toifasiga kiritildi. Lekin, agarda bu hududlarda kasallikni yuqtirish holati aniqlansa, usha hudud yana qizil hududga aylanadi. Shuning uchun, har birimiz hamisha va doimo hushyor va ogoh bo’lishimiz lozim. “Yashil hudud” ga kirgani bilan kasallikni yuqtirish ehtimoli kamaymaydi.

Koronavirus pandemiyasi davrida ishsizlikni kamytirish, tumanimiz aholisini doimiy ish joyi bilan taʼminlash holati

         Tumanimizda 1010 ta kam taʼminlangan xonadon bo’lib, ular 106 ta xo’jalik yurituvchi subʼektlarga biriktirilgan.

         Tadbirkorlarimiz ham yoshlarni vaqtinchalik ishga qabul qilishmoqda. Bugungi kunda tumanimizda 6 ta korxona va saxovatpesha tadbirkorlarimiz tomonidan hududlardagi yoshlarimizning 109 nafari ishga qabul qilingan. Bunday tadbirkorlarga hukumat tomonidan ko’p imtiyozlar belgilangan.

         Bugungi kunga qadar 10 gektar qishloq xo’jaligida foydalanmayotgan yerlarni 50 nafar yoshlarga ajratib berilgan. Bu ham albatta, 50 nafar yoshlarimizning bandligi taʼminlandi deganidir.

         Subsidiya asosida berilgan issiqxonalar: tuman bo’yicha 32 ta. Umumiy qiymati - 71 million 360 000 so’m. Eʼtiborli jihati: bunday isiqxonalar qo’lida kadastr hujjati bo’lgan, lekin bugungi kunda ishsiz maqomida bo’lgan fuqarolarga beriladi.

         Tomorqadan foydalanish: tumanda jami bo’lib, 13 808 ta xonadon bo’lib, bundan 12 907 tasi tomorqasi bor xonadonlar sanaladi. Tomorqaning tuman bo’yicha umumiy maydoni 668 gektar bo’lib, bugungi kungacha barcha 668 gektar maydonga 100 foiz ekin ekib bo’lingan.

Qurilish sohasi

         Tumanda 2020 yil investitsion dastur asosida 3 obʼekt qurilish- taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib, bular

1.      Saribozorcha mahalla fuqarolar yigʼini hududiga yangi maktab qurish;

2.      Tuman markaziy shifoxona maʼmuriy binosini rekonstruktsiya qilish;

3.      Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi binosini taʼmirlash.

         Hozirgi kunda tuman davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi binosini 405 mln. so’mga tanlov asosida “Guzari Gavhari Dilafruz” xususiy korxonasi olib qurilish taʼmirlash ishlarini 70% ga amalga oshirildi qurilishda hozirgi kunda 15 kish ishchi-xodimlar karantin qoidalariga amal qilib ish olib borilmoqda.

         Saribozorcha mahalla fuqarolar yigʼini hududiga yangi maktab qurish 4 milliard 500 milion so’mga “Mirzoqurbon” ishlab chiqarish savdo firmasi tomonidan tanlov asosida olib hozirgi kunda yer qazish ishlari tugatilib, beton quyish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 55 kishi ishchi-xodimlar ish olib bormoqda.

         Tuman markaziy shifoxonasi maʼmuriy binosini rekonstruktsiya qilish ishlarini 3 milliard 700 mln so’mga “Fargʼona Defent” xususiy korxona va “Аl-Behruz” xususiy korxonasi tomonidan tanlov asosida olib, hozirgi kunda yer qazish ishlari tugatilib, beton quyish ishlari olib borilmoqda va bu inshootda bugungi kunda 22 nafar ishchi-xodimlar tomonidan ish olib borilmoqda.

         Bundan tashqari, Istiqlol mahalla fuqarolar yigʼini hududiga yangi zamonaviy buyum bozori qurilishi rejalashtirilgan bulib, qurilish ishlarini tadbirkor quruvchi tashkilotlar “Mirzoqurbon” xususiy ishlab chiqarish savdo firmasi, “Mulki Mirjalol” xususiy korxonasi va “Sux Аgro Omad” xususiy korxonalariga biriktirib berilgan. Hozirgi kunda 55% qurilish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda qurIlishda 47 dan ziyod ishchi xodimlar tomonidan karantin qoidalariga amal qilingan holda ish olib borilmoqda.

         Sux tuman hududida 10 dan ziyod xususiy tadbirkorlar tomonidan 2 milliard 500 million so’m o’z mablagʼlari hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda

         Shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʼminlash masalasida tumanimizda yoshlarmizni Toshkent shahri va Toshkent viloyati qurilishlariga jalb etish bo’yicha ro’yixat shakllantirilyapti.

Chegaradagi holatlar

         Barchamizga maʼlum, Sux tumanimiz anklav tumani hisoblanib, to’rt tomondan Qirgʼiziston respublikasi bilan chegaradosh. Shuning uchun, Lenburg, Malbud, Qayroq, Toyon massivida bo’lgan holatlar bizni ogohlikka chorlaydi. Chegara muqaddas, uni buzishga hech kimning haqqi yo’q. Har bir qarich yer hisobli, har xil mish-mishlarga ishonmaslik kerak emas. Chegaralarimizni saqlash va asrash borasida har kuni tuman hokimi boshchiligida barcha huquq-tartibot organlari vakillari ish olib borishmoqdaz.

                  Bu yili Qayroq, Vargan, Toyon massivlari yerlarini o’zlashtirish bo’yicha hukumat doirasida ishlar amalga oshiriladi. Аlbatta, davlatimiz tomonidan muayyan miqdordagi mablagʼlar ajratilib, bu massivlarni sugʼorish ishlari olib boriladi.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati