Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOMORQА – XАZINА

×

 2020-05-09 19:00:10    179

PDF yuklash
Chop etish


TOMORQА – XАZINА

         Yangiariq mahalla fuqarolar yigʼini Sux tuman markaziga tutash hududda joylashgan bulib, aholisi asosan bogʼdorchilik va tadbirkorlik bilan shugʼullanadi. Eʼtiborli jihati shunaki, mazkur qishloqda issiqxonalar bunyod etish, plyonka ostida turli koʼkatlarni yetishtirish kabi ezgu ishlarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Qishloq ahli “Olma pish, ogʼzimga tush” degan bilan ish bitmaydi deb, oʼz tomorqalaridan unumli foydalanib, undan olgan daromad hisobiga ham roʼzgorlarini tebratib, ham tuman bozorlarida narx navoning muʼtadilligini taʼminlashda oʼz hissalarini qushib kelmoqdalar.

        Yangiariqda barcha yoshu qari Hamroali Hasanovni mehnatkash va saxovatpesha tadbirkor sifatida yaxshi tanishadi. Mahallada birinchilardan bo’lib issiqxona bunyod etgan tadbirkorlardan sanaladi Hamroali-aka. “Havas qilib, hovlimning bir burchagiga issiqxona barpo etgan edim. Salkam besh yildan beri oilamizning asosiy daromadi shu sohadan. Bu yili shu kungacha issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlardan 50 million so’m daromad oldik. Farzandlarim menga yordamchi. Аytganlaricha bor ekan: harakat qilsangiz, albatta, natijasini ko’rar ekansiz” – deydi biz bilan so’hbatda tadbirkor.

         “Issiqxonamizda yetishtirilgan turli xil poliz mahsulotlari ko’chatini o’zimizning bozorda sotdik. Mijozlarimiz bor, o’zlari kelib, kelishilgan narxlarda tayyor mahsulotni olib ketishadi. Bir yilda ko’chatdan tashqari ikki marotaba hosil olamiz. Issiqxonamizni kengaytirish niyatimiz bor, agar tuman hokimligi yer ajratishda bizga amaliy yordam berishsa, yaxshi bo’lar edi. Bu borada tuman hokimi va sektor rahbariga ham murojaat qilgan edik” – deya bizga yuzlanishdi tadbirkorning farzandlari Polvonjon va Firdavsjon Hasanovlar. Yoshlar allaqachon issiqxona ishida o’ziga xos mahoratga ega bo’lishgan. Ko’chatni qaysi oyda ekish kerak, sabzavotalardan hosil olish uchun qaysi vaqt harakat boshlash lozim – hammasi reja asosida olib boriladi. Shuning uchun, mo’ʼjazgina 4 sotixli issiqxonadan yilda 3 marotaba hosil olinadi. Buning hammasi mehnat va harakatning samarasidir.

         Koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin davrida tuman ahli ko’kat va poliz mahsulotlarini qadriga ikkichandon yetadigan bo’lishdi. Chunki bu mahsulotlar faqatgina viloyatimizning boshqa shahar va tumanlaridan olib kelinardi. Shuning uchun, tumanning barcha hududlarida tomorqadan samarali foydalanish bo’yicha targʼibot-tashviqot ishlari avj olgan. Darhaqiqat, hamma gap insonning istagiga, omilkorligiga vobasta. Mehnat qilgan odam hech qachon kam boʼlmaydi. Yerni boqsang u seni boqadi degan gapni donolarimiz bejizga aytmagan. Shu sabab Sux tumanida bir mahalla bir mahsulot shiori ostida tomorqani daromad manbaiga aylantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loiq desak, aslo xato bo’lmaydi.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati