Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Har bir eʼtibor zamirida inson omili mujassam

×

 2020-05-04 18:09:05    155

PDF yuklash
Chop etish


Har bir eʼtibor zamirida inson omili mujassam

         Viloyatimizning yagona anklav tumani – Suxda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida saxovatpesha insonlar, tadbirkorlar tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamini moddiy qo’llab-quvatlashga doir arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Аyni ro’zai ramazon kunlarida amalga oshirilayotgan bunday ezshgu ish va amallar ehtiyojmand oilalar, keksa-nuroniy otaxon va onaxonlarninng quvonchiga sabab bo’layotir.

         Tumanning birichni sektori kotibi Mirzo Аbbosovning maʼlumotiga ko’ra, bugun sektor hududidagi Tul va Qalʼacha mahallalarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan oilalar holidan tadbirkorlar ishtirokida xabar olinib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko’rsatildi. Ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari qatorida pul mablagʼlari, parranda, qo’y, quyon ham yetkazib berilayapti.

         “Uchta farzandim bor. Turmush o’rtogʼim asli ustachilik bilan shugʼullanib, har yili ishlashga Rossiyaga borib kelardi. Bu yili pandemiya sababli bora olmadi. Prezidentimizga ming rahmat, ularning odilona siyosati tufayli biz kabi fuqarolar holidan doimiy xabar olib turishadi. Yaqinda tuman hokimi o’zi kelib, bizning oilaga homiylarning moddiy ko’magini taqdim etgan edi. Men ham o’z navbatida uyimiz taʼmirtalab bo’lib qolganligi va taʼmirlashda ko’mak lozimligi haqida hokimga murojaat etgan edim. Mana, iki kun o’tmasdan, oilamizga tuman hokimi ko’magi bilan taʼmirlash ishlari uchun zaruriy ashyolar olib kelindi. Murojaatimni inobatga olib, darhol yordam berganliklari uchun oilamiz nomidan minnatdorchiligimni bildiraman” – deydi Tul mahallasida yashovchi fuqaro, mahallaga Tojikistondan kelin bo’lib tushgan Muqaddas Аbdunazarova. Tuman hokimi, mahalla raisi, tuman Kengashi deputati yordami bilan endilikda Аbdunazarovlar xonadoni ham zamonaviy taʼmirlanadigan bo’ldi. Taʼmirlash ishlariga ketadigan barcha xarajatlar tashabbuskorlar tomonidan qoplanadi.

         Himoyatxon Qosimova ham Tul mahallasida yashaydi. Keksalikka hali tan bermagan bo’lsalarda, lekin Himoyatxon-aya ijtimoiy ko’makka mo’htoj fuqarolardan. Onaxonga aprel oyi uchun foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to’lov kvitantsiyasi bevosita tuman hokimi tomonidan taqdim etildi. Elektr va gaz qarzdorligidan qutulgan onaxonga sholi ekish uchun traktor lozimligi maʼlum bo’lgach, bu masala ham tuman hokimligi va tuman Kengashi deputati Hamroali Haydarov yordamida hal etiladigan bo’ldi.

         Аytganimizdek, ijtimoiy himoyaga mo’htoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari qatorida yordam sifatida pul mablagʼlari ham taqdim etilmoqda. Tuman hokimi tomonidan Qalʼacha mahallasidagi uch nafar fuqarolarga 100 000 so’mdan pul mablagʼlari taqdim etildi.

         Tuman hokimi Farrux Usarovdan jo’jalarni xayriya sifatida qabul qilgan fuqaro Dilrabo Haydarova ham bunday ezgu tashabbus va ko’maklardan minnatdor. Qalʼachalik yana bir oila – Ziyodullo va Gulbahor Habibovlarga saxovatpesha tadbirkor nomidan bir dona qo’y hadya qilindi. Аlbatta, bunday ezgu tashabbus va xayr-saxovat amallar ro’yixatini davom ettirish mumkin. Berilayotgan bunday eʼtibor zamirida inson omili mujassam. Zotan, har bir inson, Vatanimiz havosidan nafas olib yashayotgan har bir odam O’zbekiston Respublikasi fuqarosidir va ular mana shunday eʼtibor, eʼzoz va ehtiromga loyiq insonlardir. Biz yaxshi-yomon kunalarda, sinovli damlarda bir-biriga yaqin, tanch va suyanch bo’lgan xalqmiz. Bu umrboqiy qadriyatga sodiqlik va abadiyatga mo’hrlanajak bu udumni kelgusi avlodlarga ulashmoq bizning insoniy burchimizdir.

         Аlbatta, bunday ezgu amal va tashabbuslar bardavomligiga barchamiz ishonamiz. Zotan, ishonch va eʼtibor bo’dgan joyda ertangi kun va porloq kelajakga bo’lgan umid aslo so’nmaydi.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati