Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 35 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

Тадбиркорлик субъектлари фаолияти қайта тикланмоқда

×

 2020-05-27 18:27:07    149

PDF юклаш
Чоп этиш


Tadbirkorlik subʼektlari faoliyati qayta tiklanmoqda 

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin tartibi joriy etilgach, joylarda ayrim tadbirkorlik subʼektlari oʼz faoliyatlarini vaqtincha toʼxtatgan edilar.   Xususan, Fargʼona viloyatida ham tadbirkorlik subʼektlarining 5,5 mingdan ortigʼi butun dunyoda kuzatilayotgan vaziyatdan kelib chiqib faoliyatini toʼxtatishga majbur boʼlgan edilar.   Taʼkidlash joiz, karantin davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼektlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan mart-may oylarida imzolagan farmonlari bunday ogʼir vaziyatda iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini qayta yoʼlga qoʼyishda muhim omil boʼldi.   Eʼtiborlisi, oʼtgan qisqa davr mobaynida viloyatda mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash, koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan muammolar hamda uning oqibatida faoliyatni davom ettirishga toʼsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar natijasida, joriy yil 18 may holatiga koʼra, viloyatdagi 4942 ta korxona karantin qoidalariga rioya etgan holda oʼz faoliyatini tikladilar.   Jumladan:   1492 ta ulgurji va chakana savdo;   1146 ta sanoat;   478 ta qurilish;   226 ta umumiy ovqatlanish;   190 ta xizmat koʼrsatish;   166 transport xizmati koʼrsatuvchi korxonalar va 1244 ta boshqa tadbirkorlik subʼektlari oʼz faoliyatini tikladilar. Аyni paytda ushbu korxonalarda karantin qoidalariga rioya etgan holda faoliyat yuritishi toʼliq nazoratga olingan. 

Аlbatta, tadbirkorlik subʼektlari faoliyati qayta jonlanayotganligi oʼz navbatida fuqarolarning yana avvalgidek faol turmush tarziga qaytishlariga hamda doimiy ish bilan taʼminlanishlariga, shuningdek, davlat byudjetiga soliq tushumlarining oʼz vaqtida tushishiga xizmat qiladi.   

Mirzohid HАSАNOV - Fargʼona viloyati DSB boʼlim boshligʼi