Soʻx tumanida yangi tez tibbiy yordam stansiyasi foydalanishga topshirildi








Yurtimizda sogʻliqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish va tibbiyot muassasalarini zamonaviy uskuna va anjomlar bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi doirasida Fargʻona viloyatidagi tibbiyot infratuzilmasini yangilash va rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu doirada, Soʻx tumanida zamonaviy sharoitlarga javob beradigan yangi tez tibbiy yordam stansiyasi toʻliq taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Marosimda Respublika tez tibbiy yordam markazi Fargʻona viloyati filiali direktori Bahromjon Tashbaltaev, Soʻx tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev, tuman tibbiyot birlashmasi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, mazkur stansiyaning ishga tushirilishi chekka hududlarda ham aholiga tez va samarali tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Yangi tez tibbiy yordam stansiyasi zamonaviy tibbiyot talablariga toʻliq mos holda jihozlandi. Binoda zamonaviy tibbiy uskuna va asboblar, xizmat avtomashinalari, texnik dastgohlar joylashtirildi.
Obyekt rekonstruksiyasi uchun 1 milliard 100 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Yangi tibbiy muassasaning foydalanishga topshirilishi Soʻx tumani aholisi uchun sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyatlarini yanada yaxshilaydi. Bu esa Prezidentimizning sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlari amalda hayotga tatbiq etilayotganining yana bir yaqqol isbotidir.
Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida bajarilgan qurilish ishlari hajmi qanchaga o‘sgan?

Milliy libos kuni – milliy qadriyatlarimiz targ‘ibi

Soʻx tumanida fuqarolar qabullari davom etmoqda


SUDLAR FAOLIYATIGA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI JORIY ETILADI