Kasalliklarni oldini olishda tibbiy ko‘rik – sog‘lom hayot kafolati






Qo‘shtepa tumanida aholini sog‘lomlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida chekka hudud hisoblangan “Istiqbol” MFYda tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rikda mahalladagi 2796 nafar aholining 200 nafarga yaqini qatnashdi.
Hududdagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bir yurak — bir jamiyat” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tashkillangan tibbiy ko‘rikda turli yo‘nalishlardagi mutaxassis shifokorlar tomonidan aholining salomatligi to‘liq tekshiruvdan o‘tkazildi. Jumladan, yurak-qon tomir, qon bosimi, qandli diabet, ko‘z, teri, nafas va hazm yo‘llari kasalliklari kabi ko‘p uchraydigan xastaliklarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik, ovqatlanish madaniyati, ortiqcha vazn va jismoniy faollik masalalari bo‘yicha ham aholiga zarur maslahatlar berildi.
Tuman tiibyot bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida shifokorlar tomonidan 43 nafar birlamchi kasalliklar aniqlangan bo‘lsa, barcha bemorlarga ambulatoriya sharoitida davolanish tavsiya etildi. 6 nafar bemorlar esa bepul dori-darmon bilan ta’minlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Dolzarb 90 kun” doirasida “Mahalla kubogi”ga start berildi




So'x tumanida ichki yo'llarni asfalьtlash ishlari davom etmoqda