Qo‘shtepa tumanida “Bir yurak — bir jamiyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy festivali bo‘lib o‘tdi








Qo‘shtepa tumanida ahillik va birdamlikni mustahkamlash, aholining ma’naviy ongini yuksaltirish, yoshlarni ezgulik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Bir yurak – bir jamiyat” ma’naviy-ma’rifiy festivali bo‘lib o‘tdi.
Tumanimizning chekka hududi hisoblangan Istiqbol mahallasidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan bayram tadbirida mahalla ahli, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar va san’atkorlar faol ishtirok etdi.
Dastur davomida kitobxonlik, hunarmandchilik va oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bolalar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar tashkillandi. Dorbozlarning chiqishlari hamda tashkil etilgan sport va “Zakovat” intellektual o‘yini barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tuman bo‘linmasi tomonidan kitob taqdimoti, “Kitob ulash” aksiyasi doirasidagi tadbirlar tashkil etildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot bo‘limi tomonidan qishloq aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari va elimiz sevgan san’atkorlar hamda 11-DMTTning bolajonlari ijrosidagi milliy qo‘shiqlar, raqslar, sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Dolzarb 90 kun” doirasida “Mahalla kubogi”ga start berildi




So'x tumanida ichki yo'llarni asfalьtlash ishlari davom etmoqda